Kitoblarimkatalog
Tuzoq o'yin boshlandi

Tuzoq o'yin boshlandi

Halol va vijdonli insonga hamisha qiyin bo'lgan. Gap uning faqatgina qanday yashashida emas, balki atrofidagi odamlarning tish qayrashi, halovatini buzishi, payt poylab orqadan pichoq urishida. Axir sofdil, pokdomon inson ularning yo'lini to'sadi-da! Badastir, to'q-farovon kun kechirishlariga monelik qiladi. Axir, qanchadan-qancha puchmoqlardan mullajiring kelib turibdi. Bu erinmagan banda esa ne-ne jinoyatlarni ochmoqchi, kazo-kazo amaldorlarning tagiga suv quymoqchi! Hay-hay demasang, tuppa-tuzuk serdaromad korxonaning avra-astarini ag'daradi! Shunday ekan, tezda oldini olish, bu odamning tanobini tortib qo'yish kerak. Turli sarguzashtlarga boy ushbu asar katta qiziqish bilan o'qiladi. Unda jamiyatdagi ochko'zlik, poraxo'rlik, mansabni suiiste'mol qilish va boshqa illatlar ochib beriladi. Qamoqdagi hayot, aldamchilik, xoinlik qattiq qoralanadi. Ulkan jinoiy to'daga qarshi kurashga otlangan qahramonning niyatlari ushalarmikan? Bu yo'ldagi o'yinlarga bardosh berarmikan u? Darvoke, tuzoq kimga qo'yiladi?..

Kitob haqida

Nashriyot
Yangi Kitob
Nashr yili
2023
Asl tili
O'zbek tili

288 bet. Kuniga 20 bet oʻqisangiz, taxminan 15 kunda tugatasiz.

Bu kitobni Telegramda oxirigacha oʻqing
Telegramda ulashish

Kitobni qayerdan topish mumkin

Kitoblarim — kitoblar katalogi: kitobning oʻzi yoki PDF nusxasi bu yerda yoʻq. Bosma yoki elektron nusxasini shu doʻkonlardan izlang:

Keyinroq oʻqish uchun Telegramda saqlang

Taqrizlar

Bu kitobga hali taqriz yozilmagan.

Kitoblarim oʻquvchilari

Bu kitobni Kitoblarim oʻquvchilari hali baholamagan. Oʻqigan boʻlsangiz, birinchi boʻlib fikringizni yozing.

Keyingi oʻqish uchun

Yana bilmoqchimisiz?

Sunʼiy intellekt bu haqda kengroq maʼlumot beradi. Javob yangi oynada ochiladi, bu sahifa ochiq qoladi.

AIʼdan batafsil soʻrash