Kitoblarimkatalog
Kitoblarga qaytish
Daraxtlar: "Yashil o'pka"miz bilan yaqindan tanishing!

Daraxtlar: "Yashil o'pka"miz bilan yaqindan tanishing!

Assalomu alaykum! Bolajonlar, qalaysiz? Zo'r kitob ekanmi? Boshqa kitoblarga o'xshamas ekanmi? «Sayyoramizni birga asraylik!» degan kitobimizni o'qiganmisiz? Buni o'shaning davomi desak ham bo'ladi. Bu kitob boshidan oxirigacha daraxtlar haqida. Kitobda chiroyli, rang-barang suratlar bor, kichkina hikoyachalar bor. Daraxtlar haqida nimani so'ramoqchi bo'lsangiz, javobini mana shu kitobdan topasiz. Masalan, to'rtta fasl, daraxtning urug'i, ildizi, ko'chati, novdasi, shoxlari, bargi, mevasi haqida bilib olasiz. O'rmondagi daraxtlarni kim ekkan? Kema nimadan yasaladi? Qog'oz ham daraxtdan olinadimi? Mana shunga o'xshagan savollarga ham javob berilgan. Umuman, daraxt bilan bog'liq nimaiki mavzu bo'lsa, iloji boricha hammasi haqida yozishga harakat qilingan. Bu kitobda fotosintez, zaytun moyi, kakao daraxti, yog'och uylar, eng qadimgi daraxtlar, eng ulkan daraxtlar haqida o'qiysiz, hatto daraxtni qanday ekishni ham bilib olasiz. Eng muhimi - bu kitobni o'qib, daraxtlar dunyodagi milliardlab insonlar, jonivorlar, hasharotlar uchun, ona tabiatimiz uchun xizmat qilishini, shu sababli uni hammamiz ehtiyot qilishimiz kerakligini bilib olasiz. Shuning uchun ham bu kitobni «Daraxtlar» deb nomlab qo'ya qoldik. «Yashil o'pka»miz bilan yaqindan tanishing! Oiziqib ketyapsizmi? Unda vaqtingizni ko'p olmaylik. Marhamat, o'qishni boshlayvering! Tarjimon: Mirnosir Hasan

Kitob haqida

Nashriyot
Pingvin books
Nashr yili
2025
Asl tili
O'zbek tili

64 bet. Kuniga 20 bet oʻqisangiz, taxminan 4 kunda tugatasiz.

Bu kitobni Telegramda oxirigacha oʻqing
Telegramda ulashish

Kitobni qayerdan topish mumkin

Kitoblarim — kitoblar katalogi: kitobning oʻzi yoki PDF nusxasi bu yerda yoʻq. Bosma yoki elektron nusxasini shu doʻkonlardan izlang:

Keyinroq oʻqish uchun Telegramda saqlang

Taqrizlar

Bu kitobga hali taqriz yozilmagan.

Kitoblarim oʻquvchilari

Bu kitobni Kitoblarim oʻquvchilari hali baholamagan. Oʻqigan boʻlsangiz, birinchi boʻlib fikringizni yozing.

Keyingi oʻqish uchun

Yana bilmoqchimisiz?

Sunʼiy intellekt bu haqda kengroq maʼlumot beradi. Javob yangi oynada ochiladi, bu sahifa ochiq qoladi.

AIʼdan batafsil soʻrash