
Sayyoramizni birga asraylik
Assalomu alaykum! Bolajonlar, qalaysiz? Zo'r kitob ekanmi? Boshqa kitoblarga o'xshamas ekanmi? «Dunyodagi hamma narsani bilgim keladi» degan kitobimizni o'qiganmisiz? Bu o'shaning davomi desak ham bo'ladi. Bu kitobda Yer sayyorasidagi juda ko'p narsalarning nomi, rasmi bor, ular haqida kichkina hikoyachalar ham bor. Kattalardan so'raydigan rosa kop savollaringizga mana shu kitobdan javob topasiz. Masalan, bu kitobda Yer sayyorasidagi tuproq, havo, suv, o'rmonlar, o'simliklar, joni-vorlar haqida, kislorod, neft, ko'mir, qayta tiklanadigan quvvat, ekologik uylar, tirbandliklar, zaharli tutunlar haqida yozganmiz. «Yashil» shaharlarda yashash, chiqindilarni qayta ishlash, sayyoramizni qanday qilib asrab-avaylash, tabiiy boyliklarini qadrlash - xullas, rosa ko'p narsani bilib olasiz. Bu kitobni o'qib, Yer sayyorasi - dunyodagi milliardlab insonlarning yagona uyi ekanini, shuning uchun uni hammamiz ehtiyot qilishimiz kerakligini bilib olasiz. Shu sababli ham kitobni «Sayyoramizni birga asraylik!» deb nomladik. Qiziqib ketyapsizmi? Unda vaqtingizni ko'p olmayman. Marhamat, o'qishni boshlayvering! Tarjimon: Mirnosir Hasan
Kitob haqida
- Nashr yili
- 2025
- Asl tili
- O'zbek tili
50 bet. Kuniga 20 bet oʻqisangiz, taxminan 3 kunda tugatasiz.
Bu kitobni Telegramda oxirigacha oʻqingKitobni qayerdan topish mumkin
Kitoblarim — kitoblar katalogi: kitobning oʻzi yoki PDF nusxasi bu yerda yoʻq. Bosma yoki elektron nusxasini shu doʻkonlardan izlang:
Keyinroq oʻqish uchun Telegramda saqlangTaqrizlar
Bu kitobga hali taqriz yozilmagan.
Kitoblarim oʻquvchilari
Bu kitobni Kitoblarim oʻquvchilari hali baholamagan. Oʻqigan boʻlsangiz, birinchi boʻlib fikringizni yozing.
Keyingi oʻqish uchun

Bilimga intiluvchilar uchun Ensiklopediya (Mening birinchi ensiklopediyam)
2021

Suvosti dunyosi (Mening birinchi ensiklopediyam)
2021

Dinozavrlar (Mening birinchi ensiklopediyam)
2021

Birinchi ensiklopediyam: Dunyodagi hamma narsani bilgim keladi
2024

Dangasa Baliqcha Sefa
Tulin Kozikoglu · 2024

Jajji akademik (9 son)

Самые милые животные. Большая энциклопедия для маленьких
2025

The Wind in the Willows (used)
Kenneth Grahame's
Yana bilmoqchimisiz?
Sunʼiy intellekt bu haqda kengroq maʼlumot beradi. Javob yangi oynada ochiladi, bu sahifa ochiq qoladi.
AIʼdan batafsil soʻrash