
Finlandiya ta'lim mo'jizasi
2001 yilda o'n besh yoshli fin o'quvchilari o'qish, matematika, va tabiiy fanlar bo'yicha tanqidiy fikrlash ko'nikmalarini baholash uchun mo'ljallangan "Xalqaro o'quvchilarni baholash dasturi" (PISA)da eng yuqori ball olgani butun dunyoni hayratda qoldirdi. PISA testi natijalari sabab Finlyandiya maktablarining ta'lim tizimi eng yaxshi deb tan olingach, dunyoning barcha qit'alaridagi pedagoglar fin hamkasblarining siri nimada ekanligini bilish uchun ularning tajribalarini o'rganishga kirishdilar. Xelsinkidagi maktabda ikki yil ishlagan amerikalik o'qituvchi Timoti Uoker fin maktablaridagi muvaffaqiyatning zamirida juda oddiy tamoyil - o'quv jarayonlarida quvonch mavjudligini ta'kidlaydi. Qisqa o'quv kuni, yengil uy vazifalari va kam standartlashtirilgan testlar - bu faqat samarali ta'lim tizimining tashqi jihatlari, xolos. Uoker o'z kitobida fin ta'lim tizimi qanday tashkil etilgani, nima uchun o'quvchilar bilan ularning baholarini muhokama qilish kerakligi, bolalarga ixtiyor erkinligini berish va ular bilan birgalikda kunni rejalashtirish o'g'il-qizning mustaqil bo'lishiga qanday yordam berishi, devorlardagi ko'rgazmali materiallarning haddan ziyod ko'pligi o'zlashtirishning pasayishiga olib kelishi, nega tanaffus chog'ida o'qituvchi bolalar bilan birga o'ynashi muhimligi kabi masalalar haqida hikoya qiladi. Ushbu kitobda muallif o'zbek maktablarida ham qo'llasa bo'ladigan 33 ta strategiyani taklif etadi. Ko'proq ko'rish
Kitob haqida
- Nashriyot
- Global Book
- Nashr yili
- 2023
272 bet. Kuniga 20 daqiqa oʻqisangiz, taxminan 14 kunda tugatasiz.
Bu kitobni Telegramda oxirigacha oʻqingKitobni qayerdan topish mumkin
Kitoblarim — kitoblar katalogi: kitobning oʻzi yoki PDF nusxasi bu yerda yoʻq. Bosma yoki elektron nusxasini shu doʻkonlardan izlang:
Keyinroq oʻqish uchun Telegramda saqlangTaqrizlar
Bu kitobga hali taqriz yozilmagan.
Kitoblarim oʻquvchilari
Bu kitobni Kitoblarim oʻquvchilari hali baholamagan. Oʻqigan boʻlsangiz, birinchi boʻlib fikringizni yozing.
Keyingi oʻqish uchun

Zukkolar va landavurlar
Malkolm Gladuell · 2019

Gruziya muvaffaqiyatga qanday erishdi
Larisa Burakova · 2021

Raqamlar uchun yaralgan idrok. Matematika va tabiiy fanlarni qanday qoyillatsa bo'ladi
Barbara Oukli · 2023

Kod Buzar. Jennifer Daudna, gen tahrirlash va insoniyat kelajagi
Uolter Ayzekson · 2023

Oq nilufarlar yurtida
Grigoriy Petrov · 2021

Финская система обучения. Как устроены лучшие школы в мире
Timoti Uoker · 2021

Запуск! Быстрый старт для вашего бизнеса. Обновленное и расширенное издание
Timoti Uoker · 2024

Финская система обучения. Как устроены лучшие школы в мире (мягкая)
Timoti Uoker