Kitoblarimкаталог
Urush san'ati
Художественный перевод

Urush san'ati

Asaxiydan yana bir PREMYERA kitobni kutib oling - Sun Zi qalamiga mansub "Urush san'ati" sotuvda! Kitob Asaxiy Books loyihasi doirasida qayta tarjima qilingan va sakkiz bosqichli sifat nazoratidan o'tgan. Urush faqat jang maydonida emas, hayotning har bir jabhasida olib boriladi. G'alaba esa kuch bilan emas, aql bilan qo'lga kiritiladi. Dunyoning eng qadimiy harbiy risolasi bo'lmish "Urush san'ati" shunchaki harbiy strategiyalar to'plami emas - u biznes, siyosat va kundalik hayotda ham asqatadigan bilimlar manbaidir. Qadimgi Xitoyning atoqli qo'mondoni Sun Zi muallifligidagi "Urush san'ati" miloddan oldingi V asrda yozilgan. Unda harbiy harakatlarni olib borish bo'yicha asosiy tavsiyalar keltirilgan. Xususan, u AQSH dengiz piyoda qo'shinlari va harbiy razvedkasida o'qishga tavsiya etilgan kitoblar ro'yxatiga kiradi. Ammo "Urush san'ati"ning dolzarbligi harbiy soha bilan cheklanmaydi. Yozilganidan ikki ming yildan oshiq vaqt o'tgan bo'lsa-da, uning tamoyillari bugungi kunda ham dolzarb. Kitobda urushning mohiyati, g'alabaga erishish yo'llari, harakat strategiyalari va dushmanni kuch ishlatmasdan mag'lub etish usullari haqida so'z yuritiladi. Kitobning asosiy g'oyalaridan biri shundan iboratki, g'alaba qilish uchun doim ham jang qilish shart emas . To'g'ri strategiya va reja - har qanday raqobatda ustunlikni ta'minlovchi kuchli qurol hisoblanadi. Kimlar uchun foydali? ▪ Biznes egalari va tadbirkorlar - raqobatdosh muhitda muvaffaqiyat qozonish strategiyalarini o'rganish uchun; ▪ Rahbarlar va menejerlar - jamoani boshqarish va to'g'ri qaror qabul qilish san'atini o'zlashtirish uchun; ▪ Talabalar va rivojlanishga intiluvchilar - hayotda ongli va samarali qarorlar qabul qilishni o'rganish uchun; ▪ Harbiylar va xavfsizlik sohasi vakillari - harbiy taktika va strategiya tamoyillarini o'rganish uchun; ▪ O'z hayotini yaxshilashni istagan har bir inson - qaror qabul qilish, muammolarni hal qilish va maqsadga erishish yo'llarini tushunish uchun. Muallif haqida Sun Zi (mil. avv. VI-V asrlar) qadimgi Xitoyda mashhur harbiy general, strateg, faylasuf va yozuvchi bo'lgan. Uning g'oyalari ming yillar davomida urushlar, siyosat va biznes olamiga ta'sir ko'rsatib kelgan. Uning donishmandona strategiyalari ko'plab harbiy qo'mondonlar va yetakchilar tomonidan qo'llangan va muvaffaqiyatga sabab bo'lgan. Nega bu kitobni o'qish kerak? ✔ Hayot qiyinchiliklarini yengib o'tishning asrlar davomida sinalgan yo'llarini o'rganasiz; ✔ Qanday qilib oldindan rejalashtirish va to'g'ri strategiya tanlash orqali raqobatchilardan ustun kelish mumkinligini bilib olasiz; ✔ O'zingizni har qanday holatda aniq va to'g'ri qaror qabul qiladigan lider sifatida shakllantirasiz. Bu kitob faqat urush emas, balki har birimiz duch keladigan hayotiy janglarda qanday g'alaba qozonish haqidadir. O'zingiz uchun eng muhim jang - hayot jangida g'alaba qozonish uchun harakatni bugun boshlang! Ko'proq ko'rish

О книге

Издательство
Asaxiy
Год издания
2025

96 стр. Если читать по 20 минут в день, вы закончите её примерно за 5 дней.

Дочитайте эту книгу в Telegram
Поделиться в Telegram

Где найти книгу

Kitoblarim — каталог книг: самой книги или её PDF здесь нет. Ищите печатную или электронную версию в этих магазинах:

Сохранить в Telegram, чтобы прочитать позже

Рецензии

На эту книгу пока нет рецензий.

Читатели Kitoblarim

Читатели Kitoblarim ещё не оценили эту книгу. Если вы её читали, напишите первый отзыв.

Что почитать дальше