Kitoblarimкаталог
Назад к книгам
Katta o'yin. Ikki imperiya to'qnashuvi
Художественный перевод

Katta o'yin. Ikki imperiya to'qnashuvi

“Piter Hopkirk qo'l uradigan har bir hikoya butunlay o'ziga jalb qiladi” — The Washington Post gazetasi Markaziy Osiyoning bugungi xaritasini chizib bergan “Katta o'yin” haqida eshitganmisiz? Bu mintaqadagi xonliklarni o'ziga vassal va mustamlakaga aylantirish uchun ikki qudratli imperiya — Chor Rossiyasi va Britaniya o'rtasida kechgan kurash “Katta o'yin”ga asos bo'ldi. Ushbu kitob mintaqada qariyb bir asr davom etgan siyosiy o'yinlar, gilam osti diplomatiyasi, qonli janglar va katta hududni o'z ta'siri doirasiga tushirish uchun xalqaro bosim haqida qiziqarli tilda hikoya qiladi. Hikoya bo'lganda ham voqealarni o'z ko'zlari bilan ko'rgan shohidlarning hikoyalari. Geosiyosiy bir o'yin tarzida kechgan bu kurashda tomonlar kim ko'proq va kattaroq hududni egallash payida edi. Chor Rossiyasi Hindistonga chiqish, inglizlar tasarrufidagi hududni o'ziniki qilishni ko'zlasa, Britaniya imperiyasi bunga goh bufer davlatlar yaratish, goh Hindiston mulki chegaralarini kengaytirish orqali qarshi turadi. Rossiya ham inglizlar egallab olmasidan burun xonliklarni o'z imperiyasiga qo'shib olishga oshiqadi. Buyuk britaniyalik yozuvchi, tarixchi va jurnalist Piter Hopkirk Markaziy Osiyo va Kavkazga bir necha bor xizmat safari bilan kelgan. U olib borgan tadqiqotlarning katta qismi Britaniya kutubxonasining Hindiston ishlari bo'yicha arxivida saqlanadi. Hopkirkning “Katta o'yin: ikki imperiya to'qnashuvi” asari ilk bor 1990-yilda chop etilgan. Muallif haqida: Piter Hopkirk 1930-yilda Angliyada tug'ilgan hamda Oksforddagi Dragon maktabida tahsil olgan. U yoshligidanoq Buchanning “Grinmantl” va “Kiplingning Kim” romanlarini o'z ichiga olgan josuslik romanlariga qiziqardi. To'liq mualliflik qilishidan avval u 2 yil davomida ITN muxbiri va yangiliklar boshlovchisi, Lord Biverbrukning The Sunday Express gazetasining Nyu-Yorkdagi muxbiri bo'lgan. Taxminan 20 yil davomida The Times gazetasida ishlagan, bundan besh yil gazeta bosh muxbiri, so'ngra Yaqin Sharq va Uzoq Sharq mutaxassisi sifatida. 1950-yillarda esa u G'arbiy Afrikaning Drum yangiliklar jurnaliga muharrirlik qilgan. Hopkirk ko'p yillar davomida o'zining oltita kitobida tasvirlangan hududlarda — Rossiya, Markaziy Osiyo, Kavkaz, Xitoy, Hindiston, Pokiston, Eron va Sharqiy Turkiyada sayohat qildi. Ko'proq ko'rish

О книге

Издательство
Asaxiy
Год издания
2023

744 стр. Если читать по 20 минут в день, вы закончите её примерно за 38 дней.

Дочитайте эту книгу в Telegram
Поделиться в Telegram

Где найти книгу

Kitoblarim — каталог книг: самой книги или её PDF здесь нет. Ищите печатную или электронную версию в этих магазинах:

Сохранить в Telegram, чтобы прочитать позже

Рецензии

На эту книгу пока нет рецензий.

Читатели Kitoblarim

Читатели Kitoblarim ещё не оценили эту книгу. Если вы её читали, напишите первый отзыв.

Что почитать дальше