Kitoblarimкаталог
Qayta tug'ilgan bola

Qayta tug'ilgan bola

PDF этой книги здесь нет

Kitoblarim — каталог книг: мы не раздаём файлы книг, наш Telegram-бот тоже. Книгу можно купить в магазине или бесплатно прочитать в библиотеке. Где найти

O'smirlik - inson hayotining eng murakkab, eng qaltis, eng nozik davridir. Bolalikdan balog'atga o'tish bosqichi hisoblanmish bu davrda xarakter shakllanadi, kuchli his-tuyg'u, g'ayrat-shijoat jo'sh uradi; o'smir qalb hissiyotga berilib, mustaqil bo'lishga, o'z qiyofasini namoyon qilishga intiladi. Qator asarlari bilan o'quvchilar mehriga sazovor bo'lgan iqtidorli adib Abdusaid Ko'chimovning qo'lingizdagi kitobiga kiritilgan qissa va hikoyalarning barchasida aynan ana shu go'zal va sertashvish manzaralar o'smirlar ruhiy olamida sodir bo'lguvchi rivojlanish jarayonlari badiiy talqin qilinadi. Kitobni o'qir ekansiz, yuragida kuchli his-tuyg'u, g'ayrat-shijoat jo'sh urayotgan, inja xayollar og'ushida mustaqil bo'lishga, o'z so'zini aytishga intilayotgan ajoyib yigit-qizlarning rang-barang qiyofalari bilan tanishasiz. Yosh qahramonlarning hech qaysisi bir-biriga o'xshamaydi: biri ta'sirchan, biri serg'ayrat, tashabbuskor, mehribon, biri qo'rs, biri jizzaki, yana biri sal narsadan ranjuvchi nozik ta'b. O'z-o'zini xiyol anglab, qalbida sevgi-muhabbat hislari mavjlana boshlayotgan bunday yosh yuraklarning murakkab kechinmalari, o'zlariga sirdosh qidirishlari; ba'zi birlarining atrofdagilar e'tiborini jalb etish, kutilmagan ishlari bilan kattalarni hayratga solish va, hatto o'z yaqinlarini cho'chitib bo'lsa hamki, maqsadga erishish niyatidagi xatti-harakatlarini ko'rganda esa zavqingiz keladi, yonida bo'lgingiz, ko'mak, maslahat bergingiz, yo'l ko'rsatgingiz kelib ketadi. Har-xil nizolar, chorasizlik, yolg'izlik, o'zini kamsitilgandek his qilish, erkinlikning cheklanishi, kattalar va yoshlarning bir-birini tushunmasligi va, oxir-oqibat, o'smirning o'z oilasi, o'z jamoasidan uzoqlashishi, kamgap bo'lib, o'zining ichki botiniy dunyosiga tushib qolishi kabi murakkab holatlar ham yuksak mahorat bilan badiiy tahlil qilinadi.

Источник описания: Asaxiy

О книге

Издательство
O'qituvchi
Год издания
2018
Язык
O'zbek tili

224 стр. Если читать по 20 страниц в день, вы закончите её примерно за 12 дней.

Составьте план чтения в Telegram
Поделиться в Telegram

Где найти книгу

Ищите печатную или электронную версию в этих магазинах:

Добавить на свою полку в Telegram

Рецензии

На эту книгу пока нет рецензий.

Читатели Kitoblarim

Читатели Kitoblarim ещё не оценили эту книгу. Если вы её читали, напишите первый отзыв.

Что почитать дальше

Хотите узнать больше?

Искусственный интеллект расскажет об этом подробнее. Ответ откроется в новой вкладке, а эта страница останется открытой.

Подробнее у ИИ