
Qayta tug'ilgan bola
O'smirlik - inson hayotining eng murakkab, eng qaltis, eng nozik davridir. Bolalikdan balog'atga o'tish bosqichi hisoblanmish bu davrda xarakter shakllanadi, kuchli his-tuyg'u, g'ayrat-shijoat jo'sh uradi; o'smir qalb hissiyotga berilib, mustaqil bo'lishga, o'z qiyofasini namoyon qilishga intiladi. Qator asarlari bilan o'quvchilar mehriga sazovor bo'lgan iqtidorli adib Abdusaid Ko'chimovning qo'lingizdagi kitobiga kiritilgan qissa va hikoyalarning barchasida aynan ana shu go'zal va sertashvish manzaralar o'smirlar ruhiy olamida sodir bo'lguvchi rivojlanish jarayonlari badiiy talqin qilinadi. Kitobni o'qir ekansiz, yuragida kuchli his-tuyg'u, g'ayrat-shijoat jo'sh urayotgan, inja xayollar og'ushida mustaqil bo'lishga, o'z so'zini aytishga intilayotgan ajoyib yigit-qizlarning rang-barang qiyofalari bilan tanishasiz. Yosh qahramonlarning hech qaysisi bir-biriga o'xshamaydi: biri ta'sirchan, biri serg'ayrat, tashabbuskor, mehribon, biri qo'rs, biri jizzaki, yana biri sal narsadan ranjuvchi nozik ta'b. O'z-o'zini xiyol anglab, qalbida sevgi-muhabbat hislari mavjlana boshlayotgan bunday yosh yuraklarning murakkab kechinmalari, o'zlariga sirdosh qidirishlari; ba'zi birlarining atrofdagilar e'tiborini jalb etish, kutilmagan ishlari bilan kattalarni hayratga solish va, hatto o'z yaqinlarini cho'chitib bo'lsa hamki, maqsadga erishish niyatidagi xatti-harakatlarini ko'rganda esa zavqingiz keladi, yonida bo'lgingiz, ko'mak, maslahat bergingiz, yo'l ko'rsatgingiz kelib ketadi. Har-xil nizolar, chorasizlik, yolg'izlik, o'zini kamsitilgandek his qilish, erkinlikning cheklanishi, kattalar va yoshlarning bir-birini tushunmasligi va, oxir-oqibat, o'smirning o'z oilasi, o'z jamoasidan uzoqlashishi, kamgap bo'lib, o'zining ichki botiniy dunyosiga tushib qolishi kabi murakkab holatlar ham yuksak mahorat bilan badiiy tahlil qilinadi. Ko'proq ko'rish
Kitob haqida
- Nashriyot
- O'qituvchi
- Nashr yili
- 2018
- Asl tili
- O'zbek tili
224 bet. Kuniga 20 daqiqa oʻqisangiz, taxminan 12 kunda tugatasiz.
Bu kitobni Telegramda oxirigacha oʻqingKitobni qayerdan topish mumkin
Kitoblarim — kitoblar katalogi: kitobning oʻzi yoki PDF nusxasi bu yerda yoʻq. Bosma yoki elektron nusxasini shu doʻkonlardan izlang:
Keyinroq oʻqish uchun Telegramda saqlangTaqrizlar
Bu kitobga hali taqriz yozilmagan.
Kitoblarim oʻquvchilari
Bu kitobni Kitoblarim oʻquvchilari hali baholamagan. Oʻqigan boʻlsangiz, birinchi boʻlib fikringizni yozing.
Keyingi oʻqish uchun

Sariq devning o'limi
Xudoyberdi To'xtaboyev · 2023

Bemor
Abdulla Qahhor · 2021

Yolg'onchi cho'pon
Ezop · 2022

Peshona (qissa)
Abdusaid Ko'chimov · 2024

Qayta tug'ilgan bola (qissa va hikoyalar)
Abdusaid Ko'chimov · 2024

Halqa (qissa va hikoyalar)
Abdusaid Ko'chimov · 2024

Archangel (used)
Robert Harris · 1999

The Mermaids Singing (used)
Val McDermid · 1999