
Yetti majlis
Jaloliddin Rumiyning ilmiy va adabiy merosi g'oyat katta. G'azal, masnaviy va ruboiylarni o'z ichiga oladigan “Devoni kabir” (“Ulug' devon”), falsafiy-so'fiyona mushohadalar, ruhiyat dialektikasini kashf etib, inson aqlini lol qoldiradigan teranlik bilan yozilgan “Masnaviy-ma'naviy”, “Maktubot”, “Fihi mo fixiy” (“Ichindagi ichindadir”) nomli asarlarini butun dunyo sevib o'qiydi. Rumiy o'z asarlarida odamni tadqiq etadi, uning tabiati va intilishlarini kuzatadi, botiniy jilolar va surilishlar, qalb siljishlarini qidirib topadi. Rumiy asarlaridagi joziba shu qadar inson ko'ngliga yaqinki, uning har bir so'zi – bir mayoq, umr yo'llarini yoritguvchi chiroq, qalbga qo'yiladigan ziyo kabidir. Jaloliddin Rumiyning buyukligi yana shundaki, u islomning ulug' shoiri va mutafakkiri bo'lgani holda barcha mazhablar va dinlardan yuqori ko'tarila oldi, bani basharni birlashtiruvchi yagona ilohiy g'oyalarni olg'a surib, kishilarni bir-biriga yaqinlashtiruvchi e'tiqod va iymon, ishq va sig'inish, poklik va tavbadan so'z ochdi. “Cho'llar muxtalif, ammo maqsad bir, ya'ni Olloh huzuri”, deya Ulug' Tangri haqiqati Olloh jami maxluqot barobarligini isbotladi. O'quvchilar e'tiboriga havola etilayotgan mazkur kitob Rumiy dunyosining yangi manzillarini ochadi, kitobxonni Rumiy bilan qayta yuzlashtiradi. O'z navbatida kitobxon ham asar vositasida mehrga, muhabbatga, chin insoniy tuyg'ularga chanqoq qalbini qondiradi. Ko'proq ko'rish
О книге
- Издательство
- Yangi Asr Avlodi
- Год издания
- 2021
- Язык оригинала
- O'zbek tili
192 стр. Если читать по 20 минут в день, вы закончите её примерно за 10 дней.
Дочитайте эту книгу в TelegramГде найти книгу
Kitoblarim — каталог книг: самой книги или её PDF здесь нет. Ищите печатную или электронную версию в этих магазинах:
Сохранить в Telegram, чтобы прочитать позжеРецензии
На эту книгу пока нет рецензий.
Читатели Kitoblarim
Читатели Kitoblarim ещё не оценили эту книгу. Если вы её читали, напишите первый отзыв.
Что почитать дальше

Ishqqa oid 40 qoida
Elif Shafaq · 2022

Nay nolasi hikmatlar
Jaloliddin Rumiy · 2020
Qalb ko'zingni och...
Jaloliddin Rumiy · 2024
Masnaviy 40 rivoyatga sharh
Jaloliddin Rumiy · 2024

Masnaviy 40 rivoyatga 40 sharh
Jaloliddin Rumiy · 2024

Ichindagi ichindadur
Jaloliddin Rumiy · 2025

Hikmatlar
Jaloliddin Rumiy · 2021

Archangel (used)
Robert Harris · 1999