Kitoblarimkatalog
Yetti majlis

Yetti majlis

Jaloliddin Rumiyning ilmiy va adabiy merosi g'oyat katta. G'azal, masnaviy va ruboiylarni o'z ichiga oladigan “Devoni kabir” (“Ulug' devon”), falsafiy-so'fiyona mushohadalar, ruhiyat dialektikasini kashf etib, inson aqlini lol qoldiradigan teranlik bilan yozilgan “Masnaviy-ma'naviy”, “Maktubot”, “Fihi mo fixiy” (“Ichindagi ichindadir”) nomli asarlarini butun dunyo sevib o'qiydi. Rumiy o'z asarlarida odamni tadqiq etadi, uning tabiati va intilishlarini kuzatadi, botiniy jilolar va surilishlar, qalb siljishlarini qidirib topadi. Rumiy asarlaridagi joziba shu qadar inson ko'ngliga yaqinki, uning har bir so'zi – bir mayoq, umr yo'llarini yoritguvchi chiroq, qalbga qo'yiladigan ziyo kabidir. Jaloliddin Rumiyning buyukligi yana shundaki, u islomning ulug' shoiri va mutafakkiri bo'lgani holda barcha mazhab­lar va dinlardan yuqori ko'tarila oldi, bani basharni birlashtiruvchi yagona ilohiy g'oyalarni olg'a surib, kishilarni bir-biriga yaqinlashtiruvchi e'tiqod va iymon, ishq va sig'inish, poklik va tavbadan so'z ochdi. “Cho'llar muxtalif, ammo maqsad bir, ya'ni Olloh huzuri”, deya Ulug' Tangri haqiqati Olloh jami maxluqot barobarligini isbotladi. O'quvchilar e'tiboriga havola etilayotgan mazkur kitob Rumiy dunyosining yangi manzillarini ochadi, kitobxonni Rumiy bilan qayta yuzlashtiradi. O'z navbatida kitobxon ham asar vositasida mehrga, muhabbatga, chin insoniy tuyg'ularga chanqoq qalbini qondiradi. Ko'proq ko'rish

Kitob haqida

Nashr yili
2021
Asl tili
O'zbek tili

192 bet. Kuniga 20 daqiqa oʻqisangiz, taxminan 10 kunda tugatasiz.

Bu kitobni Telegramda oxirigacha oʻqing
Telegramda ulashish

Kitobni qayerdan topish mumkin

Kitoblarim — kitoblar katalogi: kitobning oʻzi yoki PDF nusxasi bu yerda yoʻq. Bosma yoki elektron nusxasini shu doʻkonlardan izlang:

Keyinroq oʻqish uchun Telegramda saqlang

Taqrizlar

Bu kitobga hali taqriz yozilmagan.

Kitoblarim oʻquvchilari

Bu kitobni Kitoblarim oʻquvchilari hali baholamagan. Oʻqigan boʻlsangiz, birinchi boʻlib fikringizni yozing.

Keyingi oʻqish uchun