Kitoblarimкаталог
Ichindagi ichindadur

Ichindagi ichindadur

Bu asar insonni fikrlashga, fikrlash orqali o'zligini, o'zligi orqali Haqni — Yaratganni tushunishga undaydi. Shuning uchun ham «Ichindagi ichindadur»ga bir marta oshno bo'lgan ko'zi ochiq insonki bor, umrbod undan ayrilmasam, deydi. Chunki asar, avvalo, o'sha inson haqida — siz haqingizda, men haqimda, umuman, hammamiz haqimizda. Bizning o'zligimizni bilishimiz haqida. Axir olamda bundan qiziqarliroq, bundan muhimroq yana nima bor? Mashoyixlar «O'zini bilgan avliyo bo'ladi» deya bejiz aytishmagan. Hazratning o'zi shunday deydi: «Rivoyat qiladilarki, bir podshoh o'g'lini hunarmandlar to'piga qo'shib qo'yibdi. Ular bolaga turli bilimlardan, jumladan, ilmu nujumdan dars berishibdi. Shoh o'g'li butunlay ahmoq bo'lgani holda o'ziga o'rgatilgan narsalarni puxta egallab olibdi. Kunlardan bir kun podshoh uni imtihon qilmoq uchun hovuchiga uzugini berkitib, o'g'liga «Bunda ne bor?» debdi. Bola «Qo'lingdagi dumaloq, sariq va ichi bo'sh narsadir» degach, hukmdor hayratda qolib «Alomatlarini to'g'ri aytding, ismini ayt» deb buyuribdi. O'g'il «G'alvir bo'lsa kerak» deb javob beradi. Podshoh «Olgan tahsiling sharofati bilan meni hayron etib alomat — belgilarni aniq ayting-u, ammo g'alvirning hovuchga sig'masligiga qanday qilib farosating yetmadi?» dedi afsus chekib.

О книге

Издательство
Zabarjad Media
Год издания
2025
Язык оригинала
O'zbek tili

336 стр. Если читать по 20 страниц в день, вы закончите её примерно за 17 дней.

Дочитайте эту книгу в Telegram
Поделиться в Telegram

Где найти книгу

Kitoblarim — каталог книг: самой книги или её PDF здесь нет. Ищите печатную или электронную версию в этих магазинах:

Сохранить в Telegram, чтобы прочитать позже

Рецензии

На эту книгу пока нет рецензий.

Читатели Kitoblarim

Читатели Kitoblarim ещё не оценили эту книгу. Если вы её читали, напишите первый отзыв.

Что почитать дальше

Хотите узнать больше?

Искусственный интеллект расскажет об этом подробнее. Ответ откроется в новой вкладке, а эта страница останется открытой.

Подробнее у ИИ