Kitoblarimкаталог
Назад к книгам
Alisher Isaev: O'sish nuqtasi

Alisher Isaev: O'sish nuqtasi

“O'sish nuqtasi” - biznesni kichik bo'lib qolishdan qutqaradigan fikrlash va tizim haqida kitob Nima uchun ayrim kompaniyalar bozor yetakchisiga aylanadi, boshqalari esa barcha harakatlariga qaramay bir joyda qolib ketadi? Muammo kapitalda, jamoada yoki bozorda emas. Asosiy to'siq - biznesga yondashuvda va yetakchining fikrlashida. Ko'plab tadbirkorlar savdoni oshirish, yangi vositalarni joriy etish, marketingni kuchaytirish bilan band. Ammo bitta haqiqat bor: Kompaniya o'z yetakchisidan ortiq o'sa olmaydi. Muassis o'smayotgan bo'lsa, eng yaxshi vositalar ham ishlamaydi. Agar harakat qilsangiz-u, hech narsa o'zgarmasa, ehtimol, yondashuvni qayta ko'rib chiqish vaqti kelgandir. “O'sish nuqtasi” biznes rivojining ikki asosiy ustunini birlashtiradi: - savdoni boshqarish va oshirishga xizmat qiladigan amaliy vositalar (hard skills); - biznesni keyingi bosqichga olib chiqadigan tafakkur transformatsiyasi. Kitob sizga cheklovchi aqidalardan qanday qutulish, tugamas poygadan chiqish va nafaqat biznesingiz, balki hayotingizni ham o'zgartiradigan o'sish nuqtasiga erishish yo'llarini ko'rsatib beradi. Muallif yillar davomida yirik kompaniyalarda CEO bo'lib ishlagan, keyinchalik esa startaplardan tortib xalqaro korporatsiyalargacha bo'lgan bizneslarga yo'nalish berib kelgan. Shu jarayonda u bitta muhim haqiqatni aniq ko'rgan: ayrim jamoalar imkoniyatlari cheklangan bo'lsa ham izchil o'sishga erishadi, boshqalari esa barcha resurslarga ega bo'la turib, bir joyda depsinib qoladi. Bu farq tajribada, bozorda yoki pulda emas - fikrlash uslubida. Kitobdan shu kabi savollarga javob topish mumkin: • Biznesni tizimli o'stirish nimadan boshlanadi? • Qanday qilib biznesni xalqaro darajaga olib chiqish mumkin? • Qanday qilib kompaniyani bozor yetakchisiga aylantirish mumkin? • Qanday qilib yiliga bir necha barobar o'sish mexanizmini yaratish mumkin? • Nega ayrim kompaniyalar yildan-yilga kattalashadi, boshqalari esa kichikligicha qoladi? Bu kitob orqali siz strategik fikrlash asoslarini o'zlashtirib, biznesda aynan qaysi nuqtalarga e'tibor qaratish kerakligini aniq tushunib olasiz. Biznesni tartibga solish va boshqarishni yengillashtiruvchi vositalar yordamida jarayonlarni tizimlashtirish hamda nazoratga olishni o'rganasiz. Kitobda keltirilgan real keyslar muvaffaqiyat va muvaffaqiyatsizliklarning asl sabablarini ochib berib, boshqalarning xatolarini takrorlamaslik imkonini beradi. Shuningdek, yirik kompaniyalar qanday fikrlashi va qaror qabul qilishini tushuntiruvchi 3D tafakkur modeli bilan tanishasiz. Savdo, distributsiya va mijoz yo'li tahlili esa mijoz nega sizgacha yetib kelmayotganini ko'rishga va bu jarayondagi uzilishlarni bartaraf etishga yordam beradi. Kimlar uchun mos keladi? → kichik bo'lishdan charchagan tadbirkorlar; → strategik fikrlashni rivojlantirmoqchi bo'lgan menejerlar; → bozor yetakchisiga aylanishni maqsad qilgan jamoa rahbarlari; → biznesini keyingi bosqichga olib chiqmoqchi bo'lgan muassislar; → shunchaki ko'proq pul topish emas, kattaroq bozorda ishlashni istaganlar uchun. Rivojlanish bugungi bozor sharoitida tanlov emas, balki zarurat. Bu kitob sizga cheklovchi fikrlash tarzidan chiqish, strategik qarashlarni rivojlantirish va kompaniyani bozor yetakchisiga aylantirish usullarini amaliy tarzda ko'rsatadi. Mutolaa qiling va yangi darajaga chiqing!

О книге

Издательство
Asaxiy
Год издания
2025
Язык оригинала
O'zbek tili

144 стр. Если читать по 20 страниц в день, вы закончите её примерно за 8 дней.

Дочитайте эту книгу в Telegram
Поделиться в Telegram

Где найти книгу

Kitoblarim — каталог книг: самой книги или её PDF здесь нет. Ищите печатную или электронную версию в этих магазинах:

Сохранить в Telegram, чтобы прочитать позже

Рецензии

На эту книгу пока нет рецензий.

Читатели Kitoblarim

Читатели Kitoblarim ещё не оценили эту книгу. Если вы её читали, напишите первый отзыв.

Что почитать дальше

Хотите узнать больше?

Искусственный интеллект расскажет об этом подробнее. Ответ откроется в новой вкладке, а эта страница останется открытой.

Подробнее у ИИ