Kitoblarimкаталог
Mahorat
Художественный перевод

Mahorat

Jamiyat va mamlakat taqdiri undagi mohirlar, haqiqiy professionallar, o'z ishining ustalariga bog'liq. Mohir va buyuk insonlarning buyukligi nimada? Ular qanday qilib hamma tan olgan mahoratga erishgan? Inson o'zidagi iste'dodlarni qanday rivojlantirsa, butun jamiyatga naf keltiradigan ijodkor, olim, shifokor, san'atkor yoki hunarmandga aylanadi? Robert Grin “Mahorat” kitobida shu savollarga javob berishga harakat qiladi. Kitobda chinakam professionalga aylanish uchun qanday ko'nikmalar zarurligi tushuntiriladi. Iste'dodini o'z vaqtida va to'g'ri yo'naltirgan, boyita olganlarda mohirlar safidan joy olish imkoniyati bugun juda katta. Hatto bu borada ajdodlarimizdan ancha omadlimiz. Ishonmayapsizmi? “MAHORAT” — so'zimizning yaqqol isboti. U qalbingizda yangi bir mohirni kashf etish, o'z ishingizning haqiqiy ustasi bo'lishingiz uchun ishtiyoq uyg'otishiga ishonamiz! Bolalikdagi qiziqishlaringiz yodingizdami? Beixtiyor qayta-qayta o'ziga tortadigan sevimli mashg'ulotingiz-chi? Bugun shu qiziqishlaringizga qay darajada sodiq qola oldingiz? Ushbu kitob aynan o'zidagi mayllar ortidan borib, bu boradagi bilimini tinimsiz rivojlantirgan va turli bosqichlardan o'tib, chinakam mohirlik darajasiga yetgan insonlar haqida hikoya qiladi. O'rganish, amaliyot va mahorat bosqichlarini o'z ichiga olgan bu jarayonda yashirin kuch – tabiat in'om etgan iqtidorni tarbiyalab, yetuk darajaga olib chiqish oson kechmasligi aniq. O'ylaganimizdek, ijodkorlik va daholik o'z-o'zidan paydo bo'lmaydi, u tug'ma iste'dod, yaxshi kayfiyat yoki omadli vaziyat mevasi emas. Xo'sh, unda bizni hayratga soladigan buyuk kashfiyot va ixtirolar, muhtasham bino va ajoyib san'at asarlari, texnologik yutuqlarning siri nimada? AQSHlik yozuvchi Robert Grin o'zining “Mahorat” kitobida mana shu sirlarni ochib beradi. Ushbu kitob Xalq banki bilan hamkorlikda chop etildi. Ko'proq ko'rish

О книге

Издательство
Asaxiy
Год издания
2024

528 стр. Если читать по 20 минут в день, вы закончите её примерно за 27 дней.

Дочитайте эту книгу в Telegram
Поделиться в Telegram

Где найти книгу

Kitoblarim — каталог книг: самой книги или её PDF здесь нет. Ищите печатную или электронную версию в этих магазинах:

Сохранить в Telegram, чтобы прочитать позже

Рецензии

На эту книгу пока нет рецензий.

Читатели Kitoblarim

Читатели Kitoblarim ещё не оценили эту книгу. Если вы её читали, напишите первый отзыв.

Что почитать дальше