Kitoblarimcatalogue
Back to books
Mening kitobim to'plami (9 ta kitob)
Literary translation

Mening kitobim to'plami (9 ta kitob)

Kumon: Mening kitobim. Qofiya so'zlar Sifat jihatidan afzalligi: Kitob yozishni o'rganayotgan bolalar uchun mo'ljallangan sifatli qog'ozda chop etilgan. Qog'ozlar hatto qalamni to'g'ri ushlolmaydigan bolalarning qo'pollik bilan chizishlariga ham dosh bera oladi, ya'ni yirtilmaydi, tilinmaydi. Shuningdek, u oson o'chirish va harflarni qayta-qayta chizish imkoniyatini beradi. Kitob haqida qisqacha: Ushbu kitob ingliz alifbosining yigirma olti harfini o'qiy oladigan va yoza oladigan bolalar uchun. Bolalarga tanish bo'lgan ko'rshapalak, shlyapa, kalamush kabi so'zlar oxirgi ikki harfning unli va undosh tovushlar birikmasi bilan guruhlanadi. Bolalar so'zlarni qayta-qayta aytish va izlash orqali oddiy so'zlarni aytish va yozish bo'yicha mustahkam qobiliyatlarni osongina egallaydi. Kitob kimlar uchun? Kitob 4 yoshdan 6 yoshgacha bo'lgan bolalar uchun mo'ljallangan. Ushbu kitobning maqsadi va vazifalari: Farzandingiz ingliz alifbosidagi barcha harflarni tanisa va talaffuz qila olsa, bu kitob unga qisqacha qofiyali so'zlarni o'qish va yozish, harflarni birlashtirishni o'rganishga yordam beradi. Farzandingiz alifboni o'rganishni rasmlar bilan birga so'zlarni aytishdan boshlaydi. Labirint ko'rinishidagi qiziqarli o'yinlarni tugatgandan so'ng, asta-sekin qofiyali so'zlarni o'qish va yozishga o'rgatadi. Ushbu kitobdagi mashqlar uning so'zlarni oson va qiziqarli tarzda tanib olish va yozish qobiliyatini oshirish uchun mo'ljallangan. Kumon: Mening kitobim. Raqamli o'yinlar 1-150 (4-5-6 yosh) Sifat jihatidan afzalligi: Kitob yozishni o'rganayotgan bolalar uchun mo'ljallangan sifatli qog'ozda chop etilgan. Qog'ozlar hatto qalamni to'g'ri ushlolmaydigan bolalarning qo'pollik bilan chizishlariga ham dosh bera oladi, ya'ni yirtilmaydi, tilinmaydi. Shuningdek, u oson o'chirish va harflarni qayta-qayta chizish imkoniyatini beradi. Kitob haqida qisqacha: Ushbu kitob bolaga o'yin shaklida tartibli sanashni o'rganishga va 1 dan 150 gacha bo'lgan sonlarni eslab qolishga yordam beradi. Orttirgan ko'nikmalari uning o'ziga bo'lgan ishonchini oshirish imkonini beradi hamda keyinchalik qo'shish va ayirish kabi oddiy matematik amallarda muvaffaqiyatga erishishiga ko'maklashadi. Kitob kimlar uchun? Kitob 4 yoshdan 6 yoshgacha bo'lgan bolalar uchun mo'ljallangan. Kitobdagi topshiriqlar qanday tartibda tuzilgan? Kitobda ikki turdagi o'yin mavjud: nuqtalarni birlashtirish va sonlar bo'yicha bo'yash. Bu topshiriqlar bir vaqtning o'zida sonlarni tanib olish ko'nikmasini va kichik motorikani rivojlantiradi. — Kitob bolaga o'yin orqali 1 dan 150 gacha sanashni o'rgatadi va raqamlarni yozishni o'rganishga yordam beradi. — Unda bolalar yoqtiradigan mashqlar jamlangan — nuqtalarni birlashtirish va sonlar bo'yicha bo'yash. — Daftardagi barcha mashqlar turlicha, shuning uchun bola shug'ullanishga qiziqib qoladi. — Xilma-xil syujetlar va topishmoqli rasmlar bolani o'ziga jalb etadi. Bola barcha nuqtalarni to'g'ri birlashtirib yoki rasmni bo'yab topishmoqni yechganda, bundan zavq oladi va qiziqishi yanada ortadi. Kumon: Ajoyib labirintlar (4-5-6 yosh) Sifat jihatidan afzalligi: Kitob yozishni o'rganayotgan bolalar uchun mo'ljallangan sifatli qog'ozda chop etilgan. Qog'ozlar hatto qalamni to'g'ri ushlolmaydigan bolalarning qo'pollik bilan chizishlariga ham dosh bera oladi, ya'ni yirtilmaydi, tilinmaydi. Shuningdek, u oson o'chirish va harflarni qayta-qayta chizish imkoniyatini beradi. Kitob haqida qisqacha: Bolalarning mayda motorikasi, mantiqiy fikrlash, tabiat tasavvuri, shuningdek, qo'lni yozishga tayyorlash uchun mo'ljallangan. Unda allaqachon chiziqlarni ishonch bilan chiza oladigan bolalar uchun tor yo'lli murakkab labirintlar to'plangan. Kitob kimlar uchun? Kitob 4 yoshdan 6 yoshgacha bo'lgan bolalar uchun mo'ljallangan. Kitobdagi topshiriqlar qanday tartibda tuzilgan? Labirintlar bolani diqqatini bir joyga to'plashga, ko'rgan narsasini tushunishga, keyin esa tushungan narsasiga qarab harakat qilishga o'rgatadi. Labirintdan chiqish yo'lini topish uchun bola turli yo'llarni sinab ko'rishi kerak. Natijada, mulohaza yuritishni, tahlil qilishni, ijodiy fikrlashni o'rganadi. Bu ko'nikmalarning barchasi uning kelajakdagi ta'limi uchun zarur. — Bu kitobda allaqachon chiziqlarni ishonch bilan chiza oladigan bolalar uchun tor yo'lli turli xil murakkab labirintlar to'plangan. — Topshiriqlar asta-sekin murakkablashib boradi, buni bola deyarli sezmaydi. — Labirintlarning syujetlari xilma-xil, rasmlari yorqin, shuning uchun bolaga shug'ullanish yoqimli bo'ladi. — Labirintlardan chiqish yo'lini izlash orqali bola fikrlash va tahlil qilishni o'rganadi. — Kitobda uch o'lchamli labirintlar (3D) mavjud bo'lib, ular ayniqsa bolalarga juda yoqadi. Shuningdek, barcha labirintlarni muvaffaqiyatli bajargan bolalar uchun murakkabroq vazifalar ham keltirilgan. Kumon: Mening kitobim. Alifbo o'yinlari (4-5-6 yosh) Sifat jihatidan afzalligi: Kitob yozishni o'rganayotgan bolalar uchun mo'ljallangan sifatli qog'ozda chop etilgan. Qog'ozlar hatto qalamni to'g'ri ushlolmaydigan bolalarning qo'pollik bilan chizishlariga ham dosh bera oladi, ya'ni yirtilmaydi, tilinmaydi. Shuningdek, u oson o'chirish va harflarni qayta-qayta chizish imkoniyatini beradi. Kitob haqida qisqacha: Kitobda bola ingliz tilidagi harflarning alifbo tartibini o'rganadi, bosma harflarni yozishni mashq qiladi, bosh va kichik harflar o'rtasidagi farqni eslab qoladi. Bundan tashqari, u qalam bilan ishlash ko'nikmasini mustahkamlaydi va mayda motorikani mashq qiladi. Kitob kimlar uchun? Kitob 4 yoshdan 6 yoshgacha bo'lgan bolalar uchun mo'ljallangan. Yo'riqnoma: — Kichik harflar (1-12): ushbu topshiriqlarda bola kichik harflarni alifbo tartibida birlashtirib, rasm konturini chizadi va harflarni ovoz chiqarib aytadi. Topshiriqlarning ikkinchi qismida esa bola punktir chiziqlar bo'yicha harflarni aylantirib yozadi. — Bosh harflar (13-23): ushbu bo'limdagi mashqlarda bola bosh harflarni alifbo tartibida birlashtiradi. Topshiriq bajarilgach, u qiziqarli rasmga ega bo'ladi. Topshiriqlarning ikkinchi qismida bola harflarni aylantirib yozadi va ularni baland ovozda aytadi. — Bosh va kichik harflar (24-50): ushbu bo'limda bola bir vaqtda bosh hamda kichik harflarni aylantirib yozadi. Bundan tashqari, har bir sahifada katta va kichik harf bilan boshlanadigan so'zlar beriladi. Bolaga ushbu so'zlar bilan sodda gap tuzish taklif etiladi. Ushbu kitobning maqsadi va vazifalari: Bu kitob farzandingizga ingliz tili alifbosini o'rganishda yordam beradi. Harflarni tartib bilan yozish orqali u qalamni to'g'ri ushlab, harflarni chiroyli yozishni o'rganadi. Harflarni kuzatib chizish va nuqtalarni bog'lash orqali alifbo tartibini qiziqarli tarzda takrorlaydi. Kitobning ikkinchi qismida farzandingiz har bir harfning katta va kichik shaklini juft qilib mashq qiladi. Bu unga harflar juftligini eslab qolishga va yana alifboni takrorlashga yordam beradi. Shuningdek, harflar bilan bog'liq rasmlar va hayvonlar orqali u harflarning tovushi va ma'nosini tushunib oladi. Kitobdagi mashqlarning asosiy qismi — harflarni kuzatib yozish. Farzandingiz harflarning shakli va tovushini o'z tezligida o'rganadi. Har kuni bu kitob orqali farzandingiz harflarni ko'rish, tanish va nomlash imkoniga ega bo'ladi. Siz esa unga tovushlarni kundalik hayotdagi narsalar bilan bog'lashga yordam bera olasiz. Masalan, u aytgan so'zning birinchi tovushini ajratib ko'rsatib, harflarga bo'lgan qiziqishini oshirishingiz mumkin.

Book details

Publisher
Sakura Books
Publication year
2026

756 pages. At 20 pages a day, you'll finish it in about 38 days.

Finish this book in Telegram

Where to get this book

Kitoblarim is a catalogue of books: the book itself, or a PDF of it, isn't here. Look for a print or e-book copy in these stores:

Reviews

No reviews of this book yet.

Kitoblarim readers

No Kitoblarim reader has rated this book yet. If you've read it, be the first to say what you think.

Read next

Want to know more?

AI can tell you more about this. The answer opens in a new tab, and this page stays open.

Ask AI for more