Kitoblarimcatalogue
Back to books
Mening kitobim. Rangli qalamlar bilan o'rganaman
Literary translation

Mening kitobim. Rangli qalamlar bilan o'rganaman

Sifat jihatidan afzalligi: Kitob yozishni o'rganayotgan bolalar uchun mo'ljallangan yuqori sifatli qog'ozda chop etilgan. Qog'oz qalamni boshqarishning boshlang'ich ko'nikmalariga ega bo'lmagan bolalarning chizishlariga ham bardosh bera oladi. Shuningdek, u oson o'chirish uchun moslashtirilgan bo'lib, bolaga mashqlarni qayta-qayta bajarish imkonini beradi. Kitob haqida qisqacha: Ushbu kitob bolalarni rangli qalamlardan foydalanishga o'rgatish va qalamni boshqarish ko'nikmalarini rivojlantirish uchun mo'ljallangan. Mashqlar orqali bola ranglarni farqlashni, turli chiziqlar chizishni va qalam bilan erkin ishlashni o'rganadi. Kitobdagi topshiriqlar bolani yozishga tayyorlaydigan muhim ko'nikmalarni bosqichma-bosqich shakllantiradi. Kitob kimlar uchun? Kitob 2 yoshdan 4 yoshgacha bo'lgan bolalar uchun mo'ljallangan. Kitobdagi topshiriqlar qanday tartibda tuzilgan? Topshiriqlar oddiy mashqlardan boshlanadi. Dastlab bola katta maydonlarda erkin chizadi va ranglar bilan tanishadi. Keyinchalik yo'lakchalar bo'ylab turli chiziqlar chizish, shakllarni to'ldirish va rasmlarni yakunlash topshiriqlariga o'tiladi. Mashqlar asta-sekin murakkablashib boradi va bolada qalamni boshqarish malakasini rivojlantiradi. — Kitob bolalarni rangli qalamlardan to'g'ri foydalanishga o'rgatadi. — Mashqlar qalamni boshqarish va mayda motorika ko'nikmalarini rivojlantiradi. — Bola ranglarni farqlash va ularning nomlarini o'rganadi. — Topshiriqlar oddiydan murakkabga qarab tuzilgan. — Chizish mashqlari diqqatni jamlash va qo'l harakatlarini muvofiqlashtirishga yordam beradi. — Kitob yozishga tayyorgarlik uchun zarur bo'lgan asosiy ko'nikmalarni shakllantiradi. — Yorqin va qiziqarli topshiriqlar bolalarda o'rganishga bo'lgan qiziqishni oshiradi. Kitobdan foydalanish bo'yicha yo'riqnoma — Mashg'ulotlar uchun qizil, to'q sariq, sariq, yashil, ko'k, binafsha, jigarrang va qora rangli qalamlarni tayyorlab qo'ying. — Har bir mashg'ulot yakunida bolani maqtang va rag'batlantiring. — Bir kunda bajariladigan sahifalar sonini oldindan belgilang. Bir yoki ikki varaqdan boshlash tavsiya etiladi. — Mashg'ulotni bola hali qiziqishi saqlanib turgan paytda yakunlash maqsadga muvofiq. — Dastlab bolaga ranglarni erkin tanlash imkonini bering. Keyinchalik tavsiya etilgan ranglardan foydalanishga undang. — Bolaga qalamni uchiga yaqin joydan ushlashni ko'rsating. — Topshiriqlarni kitobda berilgan ketma-ketlikda bajarish tavsiya etiladi. — “Ota-onalarga” bo'limidagi tavsiyalar bilan muntazam tanishib boring.

Book details

Publisher
Sakura Books
Publication year
2026

84 pages. At 20 pages a day, you'll finish it in about 5 days.

Finish this book in Telegram

Where to get this book

Kitoblarim is a catalogue of books: the book itself, or a PDF of it, isn't here. Look for a print or e-book copy in these stores:

Save it in Telegram to read later

Reviews

No reviews of this book yet.

Kitoblarim readers

No Kitoblarim reader has rated this book yet. If you've read it, be the first to say what you think.

Read next

Want to know more?

AI can tell you more about this. The answer opens in a new tab, and this page stays open.

Ask AI for more