Kitoblarimcatalogue
Back to books
Mening kitobim. Bo'yash
Literary translation

Mening kitobim. Bo'yash

Sifat jihatidan afzalligi: Kitob yozishni o'rganayotgan bolalar uchun maxsus tanlangan sifatli qog'ozda chop etilgan. Ushbu qog'oz qalamni boshqarish ko'nikmalari hali to'liq shakllanmagan bolalarning chizishlariga ham bardosh bera oladi hamda bo'yash mashqlarini qulay bajarish imkonini yaratadi. Kitob haqida qisqacha: Ushbu kitob bolalarni ranglar bilan tanishtirish va qalamdan foydalanish ko'nikmalarini rivojlantirish uchun mo'ljallangan. Mashqlar orqali bola ranglarni farqlashni, qalamni boshqarishni hamda bo'yash jarayonidan zavqlanishni o'rganadi. Kitobdagi rasmlar bolalarga tanish bo'lgan mevalar, sabzavotlar, gullar, hayvonlar va boshqa predmetlardan iborat bo'lib, o'rganish jarayonini yanada qiziqarli qiladi. Kitob kimlar uchun? Kitob 2 yoshdan 4 yoshgacha bo'lgan bolalar uchun mo'ljallangan. Kitobdagi topshiriqlar qanday tartibda tuzilgan? Topshiriqlar bolaning yosh xususiyatlarini hisobga olgan holda oddiydan murakkabga qarab tuzilgan. Avval bola ranglarni tanish va bo'yash mashqlarini bajaradi, keyinchalik esa turli chiziqlar chizish orqali qalamni boshqarish ko'nikmalarini rivojlantiradi. Mashqlar bosqichma-bosqich murakkablashib boradi va bolani yozishga tayyorlaydi. — Kitob bolalarni asosiy ranglar bilan tanishtiradi. — Mashqlar qalamni boshqarish va mayda motorika ko'nikmalarini rivojlantiradi. — Topshiriqlar oddiydan murakkabga qarab tuzilgan. — Bo'yash jarayoni diqqatni jamlash va qo'l harakatlarini muvofiqlashtirishga yordam beradi. — Ranglar bilan ishlash bolaning tasavvuri va ijodkorligini rivojlantiradi. — Kitob yozishga tayyorgarlik uchun muhim ko'nikmalarni shakllantiradi. — Yorqin va qiziqarli rasmlar bolalarning mashg'ulotlarga bo'lgan qiziqishini oshiradi. Kitobdan foydalanish bo'yicha yo'riqnoma — Mashg'ulotlar uchun qizil, sariq, yashil, ko'k, binafsha, jigarrang, qora va to'q sariq rangli qalamlar tayyorlab qo'ying. — Har bir mashg'ulot yakunida bolani maqtang va rag'batlantiring. — Bir kunda nechta sahifa bajarilishini oldindan belgilang. Bir yoki ikki varaqdan boshlash tavsiya etiladi. — Mashg'ulotni bola hali davom ettirishni xohlayotgan paytda yakunlash maqsadga muvofiq. — Agar bola bo'yashda chiziqdan tashqariga chiqib ketsa, bundan xavotir olmang. Eng muhimi, uning qalam bilan ishlashga qiziqishi va mashq qilayotganidir. — Bolaga qalamni uchiga yaqin joydan ushlashni ko'rsating. — Kitobdagi topshiriqlarni ketma-ketlikda bajarish tavsiya etiladi. — “Ota-onalarga” bo'limidagi tavsiyalar bilan muntazam tanishib boring. Ko'proq ko'rish

Book details

Publisher
Sakura Books
Publication year
2026

84 pages. At 20 pages a day, you'll finish it in about 5 days.

Finish this book in Telegram

Where to get this book

Kitoblarim is a catalogue of books: the book itself, or a PDF of it, isn't here. Look for a print or e-book copy in these stores:

Save it in Telegram to read later

Reviews

No reviews of this book yet.

Kitoblarim readers

No Kitoblarim reader has rated this book yet. If you've read it, be the first to say what you think.

Read next