Kitoblarimcatalogue
Back to books
Go'ro'g'lining tug'ilishi. Xalq og'zaki ijodi

Go'ro'g'lining tug'ilishi. Xalq og'zaki ijodi

«GO'RO'G'LI» — xalq og'zaki poetik ijodi yodgorligi. Yaqin va O'rta Sharq, Markaziy Osiyo va Jan. Kavkaz xalqlari orasida keng tarqalgan qahramonlik eposi, dostonlar turkumi. Turkumga birlashgan dostonlar turli davrlarda yaratilgan. Ulardan ayrimlarining ildizlari bir yarim-ikki ming yil ilgarigi davrlarga borib taqaladi. Bu dostonlar taxminan 17-asrdan boshlab bir turkumga birlasha boshlagan. "Go'ro'gli" turkumiga kiruvchi barcha dostonlar muayyan mustaqillikka ega. Ular og'zaki epik an'anada yakka-yakka ijro etiladi hamda eshituvchi va kitobxon ularning har birini alohida asar sifatida qabul qiladi. Ammo bu silsila dostonlar GO'RO'G'LI obrazi, uning doimiy yo'ldoshi G'irot, epik ozodlik o'lkasi Chambil yurti, an'anaviy obrazlar Soqibulbul, Hasan Ko'lbar, Ahmad Sardor kabilar orqali bir-birlari bilan o'zaro birlashadi. «GO'RO'G'LI» dostonlarini shartli ravishda 2 katta guruhga bo'lish mumkin: Janubiy Kavkaz va Yaqin Sharq versiyalari (ozarbayjonlar «Ko'ro'g'li»si asosida yaratilgan arman, gruzin, turk, kurd va b.) va Markaziy Osiyo versiyalari (o'zbek, qoraqalpoq, qozoq, turkman, tojik va b.). Barcha versiyalar mavzui asosini ozodlik, adolat va xalq baxt-saodati yo'lida kurashuvchi bahodir GO'RO'G'LI (Markaziy Osiyo versiyasida) yoki Ko'ro'g'li (g'arbiy versiyasida)ning jasoratlari tashkil etadi.

Book details

Publication year
2021
Language
O'zbek tili

208 pages. At 20 pages a day, you'll finish it in about 11 days.

Finish this book in Telegram

Where to get this book

Kitoblarim is a catalogue of books: the book itself, or a PDF of it, isn't here. Look for a print or e-book copy in these stores:

Save it in Telegram to read later

Reviews

No reviews of this book yet.

Kitoblarim readers

No Kitoblarim reader has rated this book yet. If you've read it, be the first to say what you think.

Read next

Want to know more?

AI can tell you more about this. The answer opens in a new tab, and this page stays open.

Ask AI for more