Kitoblarimkatalog
Kitoblarga qaytish
Go'ro'g'lining tug'ilishi. Xalq og'zaki ijodi

Go'ro'g'lining tug'ilishi. Xalq og'zaki ijodi

Bu yerda kitobning PDF nusxasi yoʻq

Kitoblarim — kitoblar katalogi: kitob fayllarini bermaymiz, Telegram botimiz ham bermaydi. Kitobni doʻkondan olishingiz yoki kutubxonada bepul oʻqishingiz mumkin. Qayerdan topish mumkin

«GO'RO'G'LI» — xalq og'zaki poetik ijodi yodgorligi. Yaqin va O'rta Sharq, Markaziy Osiyo va Jan. Kavkaz xalqlari orasida keng tarqalgan qahramonlik eposi, dostonlar turkumi. Turkumga birlashgan dostonlar turli davrlarda yaratilgan. Ulardan ayrimlarining ildizlari bir yarim-ikki ming yil ilgarigi davrlarga borib taqaladi. Bu dostonlar taxminan 17-asrdan boshlab bir turkumga birlasha boshlagan. "Go'ro'gli" turkumiga kiruvchi barcha dostonlar muayyan mustaqillikka ega. Ular og'zaki epik an'anada yakka-yakka ijro etiladi hamda eshituvchi va kitobxon ularning har birini alohida asar sifatida qabul qiladi. Ammo bu silsila dostonlar GO'RO'G'LI obrazi, uning doimiy yo'ldoshi G'irot, epik ozodlik o'lkasi Chambil yurti, an'anaviy obrazlar Soqibulbul, Hasan Ko'lbar, Ahmad Sardor kabilar orqali bir-birlari bilan o'zaro birlashadi. «GO'RO'G'LI» dostonlarini shartli ravishda 2 katta guruhga bo'lish mumkin: Janubiy Kavkaz va Yaqin Sharq versiyalari (ozarbayjonlar «Ko'ro'g'li»si asosida yaratilgan arman, gruzin, turk, kurd va b.) va Markaziy Osiyo versiyalari (o'zbek, qoraqalpoq, qozoq, turkman, tojik va b.). Barcha versiyalar mavzui asosini ozodlik, adolat va xalq baxt-saodati yo'lida kurashuvchi bahodir GO'RO'G'LI (Markaziy Osiyo versiyasida) yoki Ko'ro'g'li (g'arbiy versiyasida)ning jasoratlari tashkil etadi.

Kitob haqida

Nashr yili
2021
Tili
O'zbek tili

208 bet. Kuniga 20 bet oʻqisangiz, taxminan 11 kunda tugatasiz.

Oʻqish rejasini Telegramda tuzing
Telegramda ulashish

Kitobni qayerdan topish mumkin

Bosma yoki elektron nusxasini shu doʻkonlardan izlang:

Telegramdagi javoningizga qoʻshing

Taqrizlar

Bu kitobga hali taqriz yozilmagan.

Kitoblarim oʻquvchilari

Bu kitobni Kitoblarim oʻquvchilari hali baholamagan. Oʻqigan boʻlsangiz, birinchi boʻlib fikringizni yozing.

Keyingi oʻqish uchun

Yana bilmoqchimisiz?

Sunʼiy intellekt bu haqda kengroq maʼlumot beradi. Javob yangi oynada ochiladi, bu sahifa ochiq qoladi.

AIʼdan batafsil soʻrash