
Tanlangan asarlar (5-tom)
O'zbekiston Yozuvchilar uyushmasi homiyligida yangi kitob XX asr o'zbek nasrining yorqin namoyandalaridan biri, O'zbekiston xalq yozuvchisi Erkin A'zamning “Tanlangan asarlar”ining V qismi O'zbekiston Yozuvchilar uyushmasi homiyligida nashrdan chiqdi. Kitobdan adibning publitsistik maqolalari, suhbatlari joy olgan. – Yozuvchi mardum “o'zidan ortganda”, ko'nglidagini oshig'ich izhor etish ehtiyoji paydo bo'lganda publitsistikaga qo'l uradi, deb yozadi adib. “Tanlangan asarlar”ning V jildini qo'lga olarkansiz, adibning “o'zidan ortgan” damlar bitgan fiqralari, maqola va safarnomalari, adabiy qaydlar, portret va xotiralar, suhbatlarlari salmog'i e'tiborni tortadi. – O'zbekiston xalq yozuvchisi, kinolari xalqaro mukofotlar olgan, kitoblari kibor Ovrupolarda nashr bo'lgan, hikoya, qissa, roman, drama, kinoasarlari, adabiy-tanqidiy maqolalari, suhbat va fiqralari... – arxivda qolib ketganlari, yirtib tashlanganlari demasa, Erkin A'zamning qariyb hamma yozganlarini o'qidim, “Tafakkur”da adib qo'lida ishladim. Amin bo'ldimki, Erkin A'zam – milliy madhiyamiz muallifi Chingiz Aytmatov haqida aytganidek, “gabariti juda katta” Yozuvchi va Shaxs ekan. Yozganlari va a'moli uyg'un, o'zganing erkinligini ham o'ziniki qadar qadrlaydigan Inson ekan. Bunday odamlar, bunday asarlar haqida stolga o'tirib, shartta yozib tashlab bo'lmaydi, deydi kitob muharriri, filologiya fanlari doktori Nodira Ofoq. “Shartta” yozib bo'lmaganidek, tabiiyki siz ham ustoz adib bitiklarini bir nafasda “shartta” o'qib tashlolmaysiz. Bir-bir – shoshmay, mulohaza qilib, ammo mazza qilib o'qiysiz. Mana, o'shanday bitiklardan biri: “... Vatanni kim barpo etadi? “Amerik ochmoq”qa hojat yo'q: Vatan har kim o'z o'rnida vijdonan mehnat qilsagina bir narsali bo'ladi. Vatanni anchayin chalamulla, chaladehqon, chalaishchi yoki chalaarbob – ya'ni jo'n bir havaskorlar bunyod etolmaydi. Ammo biz umidli dunyoning orzularini, deylik, oddiy muallimning maorif vaziri bo'lmoqqa halol intilishini yoki bir bog'bonning qo'shiq aytib dovruq taratishini taqiqlash niyatida emasmiz. Aslo. Zinhor-bazinhor. Eplasa, qo'lidan kelsa – qandini ursin! Biz chala-chalalarga, badaniga bir nima bo'lsa-bo'lmasa, notavon ko'ngil, har ishni orzu qilib, o'zini har yoqqa urib birovning o'rnini egallamoqqa urinadigan nomunosib da'vogarlarga qarshimiz, xolos. Axir, hamma ham arbob bo'lavermaydi, hamma ham shoir bo'lavermaydi... Gap – jamiyatda har kim o'z o'rnida turib, har ishni astoydil ado etishda. Vatan o'shanda yuksaladi”. Erkin A'zamning “Tanlangan asarlar”i V jildini, albatta, o'qing. O'zA Ko'proq ko'rish
Book details
- Publisher
- Sahhoh
- Publication year
- 2025
- Original language
- O'zbek tili
608 pages. At 20 minutes a day, you'll finish it in about 31 days.
Finish this book in TelegramWhere to get this book
Kitoblarim is a catalogue of books: the book itself, or a PDF of it, isn't here. Look for a print or e-book copy in these stores:
Save it in Telegram to read laterReviews
No reviews of this book yet.
Kitoblarim readers
No Kitoblarim reader has rated this book yet. If you've read it, be the first to say what you think.
Read next
Da'vo
Erkin A'zam · 2026
Otoyining tug'ilgan yili
Erkin A'zam · 2025
Anoyining jaydari olmasi
Erkin A'zam · 2022

Chapaklar yoki chalpaklar mamlakati
Erkin A'zam · 2023

Momaqaldiroq ostida sayr
Erkin A'zam · 2025

Gonoluluga Elchi
Erkin A'zam · 2024

Zamona yigitlari (Yevropadan nimalar o'rganib, nimalaridan saqlanamiz)
Baxtiyor Muhammadamin Abdurrahim o'g'li · 2016

Mehrigiyoh (mashhur qo'shiqlar kutubxonasi)
2016