Kitoblarimкаталог
Tanlangan asarlar (5-tom)

Tanlangan asarlar (5-tom)

O'zbekiston Yozuvchilar uyushmasi homiyligida yangi kitob XX asr o'zbek nasrining yorqin namoyandalaridan biri, O'zbekiston xalq yozuvchisi Erkin A'zamning “Tanlangan asarlar”ining V qismi O'zbekiston Yozuvchilar uyushmasi homiyligida nashrdan chiqdi. Kitobdan adibning publitsistik maqolalari, suhbatlari joy olgan. – Yozuvchi mardum “o'zidan ortganda”, ko'nglidagini oshig'ich izhor etish ehtiyoji paydo bo'lganda publitsistikaga qo'l uradi, deb yozadi adib. “Tanlangan asarlar”ning V jildini qo'lga olarkansiz, adibning “o'zidan ortgan” damlar bitgan fiqralari, maqola va safarnomalari, adabiy qaydlar, portret va xotiralar, suhbatlarlari salmog'i e'tiborni tortadi. – O'zbekiston xalq yozuvchisi, kinolari xalqaro mukofotlar olgan, kitoblari kibor Ovrupolarda nashr bo'lgan, hikoya, qissa, roman, drama, kinoasarlari, adabiy-tanqidiy maqolalari, suhbat va fiqralari... – arxivda qolib ketganlari, yirtib tashlanganlari demasa, Erkin A'zamning qariyb hamma yozganlarini o'qidim, “Tafakkur”da adib qo'lida ishladim. Amin bo'ldimki, Erkin A'zam – milliy madhiyamiz muallifi Chingiz Aytmatov haqida aytganidek, “gabariti juda katta” Yozuvchi va Shaxs ekan. Yozganlari va a'moli uyg'un, o'zganing erkinligini ham o'ziniki qadar qadrlaydigan Inson ekan. Bunday odamlar, bunday asarlar haqida stolga o'tirib, shartta yozib tashlab bo'lmaydi, deydi kitob muharriri, filologiya fanlari doktori Nodira Ofoq. “Shartta” yozib bo'lmaganidek, tabiiyki siz ham ustoz adib bitiklarini bir nafasda “shartta” o'qib tashlolmaysiz. Bir-bir – shoshmay, mulohaza qilib, ammo mazza qilib o'qiysiz. Mana, o'shanday bitiklardan biri: “... Vatanni kim barpo etadi? “Amerik ochmoq”qa hojat yo'q: Vatan har kim o'z o'rnida vijdonan mehnat qilsagina bir narsali bo'ladi. Vatanni anchayin chalamulla, chaladehqon, chalaishchi yoki chalaarbob – ya'ni jo'n bir havaskorlar bunyod etolmaydi. Ammo biz umidli dunyoning orzularini, deylik, oddiy muallimning maorif vaziri bo'lmoqqa halol intilishini yoki bir bog'bonning qo'shiq aytib dovruq taratishini taqiqlash niyatida emasmiz. Aslo. Zinhor-bazinhor. Eplasa, qo'lidan kelsa – qandini ursin! Biz chala-chalalarga, badaniga bir nima bo'lsa-bo'lmasa, notavon ko'ngil, har ishni orzu qilib, o'zini har yoqqa urib birovning o'rnini egallamoqqa urinadigan nomunosib da'vogarlarga qarshimiz, xolos. Axir, hamma ham arbob bo'lavermaydi, hamma ham shoir bo'lavermaydi... Gap – jamiyatda har kim o'z o'rnida turib, har ishni astoydil ado etishda. Vatan o'shanda yuksaladi”. Erkin A'zamning “Tanlangan asarlar”i V jildini, albatta, o'qing. O'zA

О книге

Издательство
Sahhoh
Год издания
2025
Язык оригинала
O'zbek tili

608 стр. Если читать по 20 страниц в день, вы закончите её примерно за 31 день.

Дочитайте эту книгу в Telegram
Поделиться в Telegram

Где найти книгу

Kitoblarim — каталог книг: самой книги или её PDF здесь нет. Ищите печатную или электронную версию в этих магазинах:

Сохранить в Telegram, чтобы прочитать позже

Рецензии

На эту книгу пока нет рецензий.

Читатели Kitoblarim

Читатели Kitoblarim ещё не оценили эту книгу. Если вы её читали, напишите первый отзыв.

Что почитать дальше

Хотите узнать больше?

Искусственный интеллект расскажет об этом подробнее. Ответ откроется в новой вкладке, а эта страница останется открытой.

Подробнее у ИИ