Kitoblarimcatalogue
Back to books
"Seni sevaman" dema, menga turmushga chiq
Literary translation

"Seni sevaman" dema, menga turmushga chiq

Ushbu safarga chiqishni istashimiz yoki istamasligimizni bizdan hech kim so'ramadi. Bundan tashqari, ushbu yo'lni so'nggi bekatiga qadar loyiq inson bilan bosib o'tishimiz darkor. Safarga zarar yetkazishi mumkin bo'lgan biror ish qilsang, o'zingga ham, safardagi boshqa insonlarga ham xiyonat qilgan bo'lasan. Shunday ekan, na o'zingga, na boshqa insonlarga zarar berma. Zarar yetkazishni hatto aqlingga ham keltirma. Bir kun kelib, quyosh hayotning bir tarafidan yuzingga nur sochadi. Bir kun kelib esa, boshqa tomonidan yomg'ir tomchilari bir-biriga g'arq bo'layotganini kuzatasan. Sen hayotning quyoshli tomonida sayr qilar ekansan, yomg'irli tomonida sodir bo'layotgan ba'zi narsalardan bebahra qolishing mumkin. Hayot balki shundan iboratdir, ehtimol, butunlay boshqachadir. Buni bila olmaymiz; ammo ehtimollarni istisno qilmaslik lozim. Yomg'ir va tuyg'ulardan qochmaslik kerak. Safar davomida qarshingdan to'siqlar chiqadi va balki ushbu to'siqlardan tezlik bilan o'tganingda silkinib ketarsan; ammo muhimi bu emas. Yakuni qanday bo'lishini bilgan safaringda to'siqlar seni qo'rquvga solmasin. Silkinishlar seni yiqita olmaydi. Bu qalbing ko'plab silkinishlarni yengib o'tgan. Har bir insonni farqli va o'zgacha tarzda shakllantirgan safari belgilab beradi. Ushbu safarda qayerga borishi emas, kim bilan borishi muhim. Yuragi kim bilan tez ursa, hislarini unga yo'naltirishi darkor. Hayotning yomg'irli tomoniga duch kelsang ham, aslida quyoshli tomonida hech narsa farqli emas. Har bir yomg'irli oqshomning quyoshli tonggi bo'lgani kabi, har bir quyoshli kunning ham yomg'irli oqshomi bor. Shu bois, muhim bo'lgan yagona narsa - yo'ldagi hamrohingdir... Uni tanlayotganingda e'tiborli bo'l. Hayotning ikki tarafiga ham senla nazar sola oladigan jasorati va tuyg'ulari bo'lsin... Yo'lga chiqqach, har safar oyoqqa tosh tekkanida, joni avvalo o'zi uchun emas, yonidagi yo'ldoshi uchun og'rishi kerak. Shunday og'risinki, yo'llarning boshqa taraflari ham ochilsin. Hatto toshlar va to'siqlardan iborat bo'lsa xam. Endi esa tabassum qil. Qahva damlab, o'rindiqqa suyanib ol. Deraza ortidagi yomg'irning tomchilari bir-biriga g'arq bo'layotgan ondan e'tiboran qanday shakllarga kirayotganini men bilan kuzat.

Book details

Publication year
2022

232 pages. At 20 pages a day, you'll finish it in about 12 days.

Finish this book in Telegram

Where to get this book

Kitoblarim is a catalogue of books: the book itself, or a PDF of it, isn't here. Look for a print or e-book copy in these stores:

Save it in Telegram to read later

Reviews

No reviews of this book yet.

Kitoblarim readers

No Kitoblarim reader has rated this book yet. If you've read it, be the first to say what you think.

Read next

Want to know more?

AI can tell you more about this. The answer opens in a new tab, and this page stays open.

Ask AI for more