
"Seni sevaman" dema, menga turmushga chiq
Ushbu safarga chiqishni istashimiz yoki istamasligimizni bizdan hech kim so'ramadi. Bundan tashqari, ushbu yo'lni so'nggi bekatiga qadar loyiq inson bilan bosib o'tishimiz darkor. Safarga zarar yetkazishi mumkin bo'lgan biror ish qilsang, o'zingga ham, safardagi boshqa insonlarga ham xiyonat qilgan bo'lasan. Shunday ekan, na o'zingga, na boshqa insonlarga zarar berma. Zarar yetkazishni hatto aqlingga ham keltirma. Bir kun kelib, quyosh hayotning bir tarafidan yuzingga nur sochadi. Bir kun kelib esa, boshqa tomonidan yomg'ir tomchilari bir-biriga g'arq bo'layotganini kuzatasan. Sen hayotning quyoshli tomonida sayr qilar ekansan, yomg'irli tomonida sodir bo'layotgan ba'zi narsalardan bebahra qolishing mumkin. Hayot balki shundan iboratdir, ehtimol, butunlay boshqachadir. Buni bila olmaymiz; ammo ehtimollarni istisno qilmaslik lozim. Yomg'ir va tuyg'ulardan qochmaslik kerak. Safar davomida qarshingdan to'siqlar chiqadi va balki ushbu to'siqlardan tezlik bilan o'tganingda silkinib ketarsan; ammo muhimi bu emas. Yakuni qanday bo'lishini bilgan safaringda to'siqlar seni qo'rquvga solmasin. Silkinishlar seni yiqita olmaydi. Bu qalbing ko'plab silkinishlarni yengib o'tgan. Har bir insonni farqli va o'zgacha tarzda shakllantirgan safari belgilab beradi. Ushbu safarda qayerga borishi emas, kim bilan borishi muhim. Yuragi kim bilan tez ursa, hislarini unga yo'naltirishi darkor. Hayotning yomg'irli tomoniga duch kelsang ham, aslida quyoshli tomonida hech narsa farqli emas. Har bir yomg'irli oqshomning quyoshli tonggi bo'lgani kabi, har bir quyoshli kunning ham yomg'irli oqshomi bor. Shu bois, muhim bo'lgan yagona narsa - yo'ldagi hamrohingdir... Uni tanlayotganingda e'tiborli bo'l. Hayotning ikki tarafiga ham senla nazar sola oladigan jasorati va tuyg'ulari bo'lsin... Yo'lga chiqqach, har safar oyoqqa tosh tekkanida, joni avvalo o'zi uchun emas, yonidagi yo'ldoshi uchun og'rishi kerak. Shunday og'risinki, yo'llarning boshqa taraflari ham ochilsin. Hatto toshlar va to'siqlardan iborat bo'lsa xam. Endi esa tabassum qil. Qahva damlab, o'rindiqqa suyanib ol. Deraza ortidagi yomg'irning tomchilari bir-biriga g'arq bo'layotgan ondan e'tiboran qanday shakllarga kirayotganini men bilan kuzat.
Kitob haqida
- Nashriyot
- Sharq-Ziyo-Zakovat
- Nashr yili
- 2022
232 bet. Kuniga 20 bet oʻqisangiz, taxminan 12 kunda tugatasiz.
Bu kitobni Telegramda oxirigacha oʻqingKitobni qayerdan topish mumkin
Kitoblarim — kitoblar katalogi: kitobning oʻzi yoki PDF nusxasi bu yerda yoʻq. Bosma yoki elektron nusxasini shu doʻkonlardan izlang:
Keyinroq oʻqish uchun Telegramda saqlangTaqrizlar
Bu kitobga hali taqriz yozilmagan.
Kitoblarim oʻquvchilari
Bu kitobni Kitoblarim oʻquvchilari hali baholamagan. Oʻqigan boʻlsangiz, birinchi boʻlib fikringizni yozing.
Keyingi oʻqish uchun

Ba'zilar olisdan sevarlar
Halis Karabenli · 2021
Seni sevaman dema, his ettir
Mirach Chag'ri Oqtosh
Hayot yutqazgan joyingdan boshlanar
Mirach Chag'ri Oqtosh · 2021

Miraç Çağrı Aktaş: Sen on yedi yasimsin
Mirach Chag'ri Oqtosh · 2021

Qalbi pokning yo'li og'irdir
Mirach Chag'ri Oqtosh · 2025

Senga O'xshashi yo'q
Mirach Chag'ri Oqtosh · 2023

"Seni sevaman" dema, sev
Mirach Chag'ri Oqtosh · 2022

O'zingga xush kelding
Mirach Chag'ri Oqtosh · 2022
Yana bilmoqchimisiz?
Sunʼiy intellekt bu haqda kengroq maʼlumot beradi. Javob yangi oynada ochiladi, bu sahifa ochiq qoladi.
AIʼdan batafsil soʻrash