Kitoblarimcatalogue
Back to books
O'zingga xush kelding
Literary translation

O'zingga xush kelding

Manzilni taqdir belgilaydi. Inson esa yo'lovchi, to'g'ri yo'lni topish, yurishdan to'xtamaslik uning asosiy vazifasi. Yo'l-yo'lakay hayot haqida o'ylab olishga ulgurish esa hammasidan muhim. Hayot haqida o'ylash o'zlikni anglashdan, tuyg'ularni taftish qilishdan boshlanadi. Mirach Chag'ri Oqtoshning qo'lingizdagi navbatdagi esse-kitobi bu borada siz bilan dardlashadi, sirlashadi. Senga o'zingdan boshqa hech kim kerak emas. Eng yomon kuningni esla: "Men yoningdaman", deganlar ko'p edi, lekin o'sha og'ir kunlarda yolg'iz qolib ketmadingmi? Yiqilgan payting yana o'zingga suyanib, o'rningdan turmadingmi? To'yib ketgan paytlaring yolg'iz yig'lamadingmi? Sendan so'rayapman, nomunosib odamlar uchun o'zingga nisbatan yetarlicha nohaqlik qilmadingmi? Odamlar keladi va ketadi. Qoladigani esa faqat sensan. O'zingga o'zing uchun g'amxo'rlik qil. O'zingni o'zing uchun ehtiyot qil. Hamma ketadi, sen qolasan. Yiqilsang, o'zing oyoqqa turasan. Yaralansang, yarangni o'zing davolaysan. Har doimgidek senga “Yoningdaman” deydiganlar bo'ladi va yana shuncha dardni bir o'zing yengib o'tasan. Kimdir seni quchib taskin berishiga ehtiyoj sezasan va atrofga boqasan. Tevarak atrofingda bunday kimsaga ko'zing tushmaydi, yana o'zingni bag'ringga bosasan. O'zingni ehtiyot qil. Senga hammadan ko'p o'zing keraksan. Mirach Chag'ri Oqtosh Turk tilidan Nodirabegim Jamshid qizi tarjimasi.

Book details

Publisher
Factor Press
Publication year
2022

206 pages. At 20 pages a day, you'll finish it in about 11 days.

Finish this book in Telegram

Where to get this book

Kitoblarim is a catalogue of books: the book itself, or a PDF of it, isn't here. Look for a print or e-book copy in these stores:

Save it in Telegram to read later

Reviews

No reviews of this book yet.

Kitoblarim readers

No Kitoblarim reader has rated this book yet. If you've read it, be the first to say what you think.

Read next

Want to know more?

AI can tell you more about this. The answer opens in a new tab, and this page stays open.

Ask AI for more