Kitoblarimcatalogue
Back to books
Muvaffaqiyatli insonlarning 7 ko'nikmasi
Literary translation

Muvaffaqiyatli insonlarning 7 ko'nikmasi

Muvaffaqiyatli insonlar muammolar bilan emas, balki imkoniyatlar bilan yashaydilar. Ular imkoniyatlardan oziqlanib, muammolarni ochlikda qoldiradilar. Muvaffaqiyatli insonlarning 7 ko'nikmasi — Stiven Kovining shaxsiy va professional o'sishga yo'naltirilgan, dunyo bo'ylab millionlab odamlarni ilhomlantirgan ajoyib kitobidir. Kitob birinchi bor 1989-yilda nashr qilingan va 2011-yil avgustda "Time" jurnali ushbu kitobni asosiy biznes kitoblarning 25 talik ro'yxatiga kiritgan. Kitob bugungi kunga qadar 40 dan ortiq tilga tarjima qilingan va butun dunyo bo'ylab 40 milliondan ortiq nusxada sotilgan. Kitob doimo muvaffaqiyatga intiluvchilar uchun. U insonning rivojlanishi, hayot mazmuni va voqea-hodisalarga reaksiyasi, ya'ni javobi haqida. Stiven Kovi juda ko'plab liderlik, muvaffaqiyat, samaradorlik mavzusidagi kitoblarni nafaqat o'qigan, balki tahlil ham qilgan. Asarda ko'plab mashhur (shunchaki mashhur emas, balki o'zini maksimal darajada rivojlantirib, ichki xotirjamlikka erishgan)lardan misol keltiriladi. Muallifning prinsipga asoslangan yondashuvi kitobxonlarga shaxsiy va professional hayotda uzoq muddatli muvaffaqiyatga erishish uchun zarur ko'nikmalarni o'rgatadi. Ushbu kitobda Stiven Kovining yetti asosiy odati, ya'ni tashabbuskorlik, aniq maqsadlar qo'yish, ustuvorlikni belgilash, ijobiy munosabatlar o'rnatish va uzluksiz o'sishni qo'llab-quvvatlash kabi odatlar ahamiyati va ularni shakllantirish bo'yicha tavsiyalar keltirilgan. Bu odatlar birgalikda samarali fikrlash va munosib rahbarlikni rivojlantirish uchun zarur bo'lgan inson xarakterini yaratadi. Muvaffaqiyatli insonlarning 7 ko'nikmasi - faqat kitob emas, balki shaxsiy rivojlanish va muvaffaqiyatga erishish bo'yicha kuchli qo'llanmadir. Agar siz mazmunli hayot, sog'lom munosabatlar va orzular ro'yobini xohlasangiz kitob aynan siz uchun.

Book details

Publisher
Asaxiy
Publication year
2020

384 pages. At 20 pages a day, you'll finish it in about 20 days.

Finish this book in Telegram

Where to get this book

Kitoblarim is a catalogue of books: the book itself, or a PDF of it, isn't here. Look for a print or e-book copy in these stores:

Save it in Telegram to read later

Reviews

No reviews of this book yet.

Kitoblarim readers

No Kitoblarim reader has rated this book yet. If you've read it, be the first to say what you think.

Read next

Want to know more?

AI can tell you more about this. The answer opens in a new tab, and this page stays open.

Ask AI for more