
Muvaffaqiyatli insonlarning 7 ko'nikmasi
Muvaffaqiyatli insonlar muammolar bilan emas, balki imkoniyatlar bilan yashaydilar. Ular imkoniyatlardan oziqlanib, muammolarni ochlikda qoldiradilar. Muvaffaqiyatli insonlarning 7 ko'nikmasi — Stiven Kovining shaxsiy va professional o'sishga yo'naltirilgan, dunyo bo'ylab millionlab odamlarni ilhomlantirgan ajoyib kitobidir. Kitob birinchi bor 1989-yilda nashr qilingan va 2011-yil avgustda "Time" jurnali ushbu kitobni asosiy biznes kitoblarning 25 talik ro'yxatiga kiritgan. Kitob bugungi kunga qadar 40 dan ortiq tilga tarjima qilingan va butun dunyo bo'ylab 40 milliondan ortiq nusxada sotilgan. Kitob doimo muvaffaqiyatga intiluvchilar uchun. U insonning rivojlanishi, hayot mazmuni va voqea-hodisalarga reaksiyasi, ya'ni javobi haqida. Stiven Kovi juda ko'plab liderlik, muvaffaqiyat, samaradorlik mavzusidagi kitoblarni nafaqat o'qigan, balki tahlil ham qilgan. Asarda ko'plab mashhur (shunchaki mashhur emas, balki o'zini maksimal darajada rivojlantirib, ichki xotirjamlikka erishgan)lardan misol keltiriladi. Muallifning prinsipga asoslangan yondashuvi kitobxonlarga shaxsiy va professional hayotda uzoq muddatli muvaffaqiyatga erishish uchun zarur ko'nikmalarni o'rgatadi. Ushbu kitobda Stiven Kovining yetti asosiy odati, ya'ni tashabbuskorlik, aniq maqsadlar qo'yish, ustuvorlikni belgilash, ijobiy munosabatlar o'rnatish va uzluksiz o'sishni qo'llab-quvvatlash kabi odatlar ahamiyati va ularni shakllantirish bo'yicha tavsiyalar keltirilgan. Bu odatlar birgalikda samarali fikrlash va munosib rahbarlikni rivojlantirish uchun zarur bo'lgan inson xarakterini yaratadi. Muvaffaqiyatli insonlarning 7 ko'nikmasi - faqat kitob emas, balki shaxsiy rivojlanish va muvaffaqiyatga erishish bo'yicha kuchli qo'llanmadir. Agar siz mazmunli hayot, sog'lom munosabatlar va orzular ro'yobini xohlasangiz kitob aynan siz uchun. Ko'proq ko'rish
Kitob haqida
- Nashriyot
- Asaxiy
- Nashr yili
- 2020
384 bet. Kuniga 20 daqiqa oʻqisangiz, taxminan 20 kunda tugatasiz.
Bu kitobni Telegramda oxirigacha oʻqingKitobni qayerdan topish mumkin
Kitoblarim — kitoblar katalogi: kitobning oʻzi yoki PDF nusxasi bu yerda yoʻq. Bosma yoki elektron nusxasini shu doʻkonlardan izlang:
Keyinroq oʻqish uchun Telegramda saqlangTaqrizlar
Bu kitobga hali taqriz yozilmagan.
Kitoblarim oʻquvchilari
Bu kitobni Kitoblarim oʻquvchilari hali baholamagan. Oʻqigan boʻlsangiz, birinchi boʻlib fikringizni yozing.
Keyingi oʻqish uchun

Beparvolikning nozik san'ati
Mark Menson · 2020

Samaradorlikning 21 yo'li
Brayan Treysi · 2020

Stiv Jobs
Uolter Ayzekson · 2019

Mening hayotim
Henri Ford · 2021

O'lsang, kim yig'laydi?
Robin Sharma · 2023

Alif
Paulo Koelo · 2020

Стивен Кови, Роджер Меррилл, Ребекка Меррилл: Главное внимание - главным вещам. Жить, любить, учиться и оставить наследие
Stiven R.Kovi · 2020

Стивен Кови: Самое важное
Stiven R.Kovi · 2023