
Keling, Qur'on yodlaymiz
Ma'lumki, xalqimiz qadimdan Alloh taoloning Kalomiga muhabbati benazir, Qur'on ahliga muxlis, uni o'qib-o'rganishga, yod olishga ishtiyoqmand eldir. Bu aziz xalq Robbining Kalomiga bo'lgan iymoni, muhabbat va ishtiyoqi kamoli balandligidan hatto sho'ro davrida ham Qur'oni Karimni kaftida cho'g' tutgandek saqlab, Qur'onni o'rganish va o'rgatishni fidokorlik bilan davom ettirib keldi. Allohga hamdlar bo'lsinkim, yurtimiz mustaqil bo'lgandan buyon turli ilmiy sohalar qatori, Qur'on ta'limi ham taraqqiy etdi. Xalqimizda kun sayin Qur'oni Karimga bo'lgan e'tibor oshgandan oshib bormoqda. Jumladan, Imom Buxoriy nomidagi Toshkent Islom institutining alohida «Tahfizul Qur'on» kafedrasi mavjud bo'lib, u Qur'on hofizlarini tayyorlashga ixtisoslashgan. Qo'lingizdagi kitobda qanday qilib Qur'on hofizi bo'lish haqida so'z boradi. Kitob olti bobdan iborat bo'lib, birinchi bobda Qur'on haqida, uni yod olishning fazilatlari bayon qilinadi. Ikkinchi bobda Qur'oni Karimga oid odoblar borasida so'z yuritilsa, uchinchi bobda Qur'onni yodlash uslublari, zehnni ishga solish, unutishdan saqlanish, takrorlash kabi mavzular bilan tanishasiz. To'rtinchi bobdan Qur'oni Karimga oid ba'zi qiziqarli ma'lumotlar o'rin olgan. Beshinchi bobda esa Qur'onni yod olish va xatm qilishni osonlashtiruvchi ayrim jadvallar taqdim qilingan. Ma'lumki, Qur'oni Karimda bir qancha mutashobih (o'xshash) oyatlar bor. Ko'pchilik qorilar ana shu o'xshash oyatlarni yoddan tilovat qilganlarida adashtirib ham qo'yadilar. Bunday o'xshash oyatlarni yaxshi o'zlashtirish, ularning farqlarini bilib, bir‑biridan ajratib olish alohida e'tibor talab qiladigan ilm bo'lgani uchun so'nggi oltinchi bobni mutashobih oyatlarga bag'ishladik. Bu mavzuni bayon qilish uchun qadimgi va eng ishonchli manbalardan ikkitasi asos qilib olindi. Ular shayx Abul Hasan Aliy ibn Muhammad ibn Abdussomad ibn Attos Hamadoniyning «Hidoyatul murtab» kitobi hamda Abu Abdulloh Muhammad ibn Abdulloh Asbahoniyning «Durratut-tanzil va g'urratut-ta'vil fil ayatil mutashabihati fi Kitabillahil Aziz» nomli asaridir. Risola mustaqil o'quvchilar hamda islomiy bilim yurtlar talabalari uchun mo'ljallangan.
Kitob haqida
- Nashriyot
- Hilol-nashr
- Nashr yili
- 2021
- Asl tili
- O'zbek tili
416 bet. Kuniga 20 bet oʻqisangiz, taxminan 21 kunda tugatasiz.
Bu kitobni Telegramda oxirigacha oʻqingKitobni qayerdan topish mumkin
Kitoblarim — kitoblar katalogi: kitobning oʻzi yoki PDF nusxasi bu yerda yoʻq. Bosma yoki elektron nusxasini shu doʻkonlardan izlang:
Keyinroq oʻqish uchun Telegramda saqlangTaqrizlar
Bu kitobga hali taqriz yozilmagan.
Kitoblarim oʻquvchilari
Bu kitobni Kitoblarim oʻquvchilari hali baholamagan. Oʻqigan boʻlsangiz, birinchi boʻlib fikringizni yozing.
Keyingi oʻqish uchun

Arab alifbosi (yozish va o'qish daftari) A4
Ismoil Oxunov · 2019

Arab alifbosida Husnixat
Azimboyev Zohidxon · 2019
Ramazon kundaligi (Ayollar uchun)
Odinaxon Muhammad Sodiq · 2022
Qizlarjon... (yumshoq muqova)
Odinaxon Muhammad Sodiq · 2022
Qizlarjan... (qoraqalpoq tilida)
Odinaxon Muhammad Sodiq · 2023
Mufassal tajvid
Odinaxon Muhammad Sodiq · 2024
Bilimsizlikning shifosi savol 3-kitob
Odinaxon Muhammad Sodiq · 2022
Bilimsizlikning shifosi savol 1-kitob
Odinaxon Muhammad Sodiq · 2023
Yana bilmoqchimisiz?
Sunʼiy intellekt bu haqda kengroq maʼlumot beradi. Javob yangi oynada ochiladi, bu sahifa ochiq qoladi.
AIʼdan batafsil soʻrash