Kitoblarimкаталог
Keling, Qur'on yodlaymiz

Keling, Qur'on yodlaymiz

Ma'lumki, xalqimiz qadimdan Alloh taoloning Kalomiga muhabbati benazir, Qur'on ahliga muxlis, uni o'qib-o'rganishga, yod olishga ishtiyoqmand eldir. Bu aziz xalq Robbining Kalomiga bo'lgan iymoni, muhabbat va ishtiyoqi kamoli balandligidan hatto sho'ro davrida ham Qur'oni Karimni kaftida cho'g' tutgandek saqlab, Qur'onni o'rganish va o'rgatishni fidokorlik bilan davom ettirib keldi. Allohga hamdlar bo'lsinkim, yurtimiz mustaqil bo'lgandan buyon turli ilmiy sohalar qatori, Qur'on ta'limi ham taraqqiy etdi. Xalqimizda kun sayin Qur'oni Karimga bo'lgan e'tibor oshgandan oshib bormoqda. Jumladan, Imom Buxoriy nomidagi Toshkent Islom institutining alohida «Tahfizul Qur'on» kafedrasi mavjud bo'lib, u Qur'on hofizlarini tayyorlashga ixtisoslashgan. Qo'lingizdagi kitobda qanday qilib Qur'on hofizi bo'lish haqida so'z boradi. Kitob olti bobdan iborat bo'lib, birinchi bobda Qur'on haqida, uni yod olishning fazilatlari bayon qilinadi. Ikkinchi bobda Qur'oni Karimga oid odoblar borasida so'z yuritilsa, uchinchi bobda Qur'onni yodlash uslublari, zehnni ishga solish, unutishdan saqlanish, takrorlash kabi mavzular bilan tanishasiz. To'rtinchi bobdan Qur'oni Karimga oid ba'zi qiziqarli ma'lumotlar o'rin olgan. Beshinchi bobda esa Qur'onni yod olish va xatm qilishni osonlashtiruvchi ayrim jadvallar taqdim qilingan. Ma'lumki, Qur'oni Karimda bir qancha mutashobih (o'xshash) oyatlar bor. Ko'pchilik qorilar ana shu o'xshash oyatlarni yoddan tilovat qilganlarida adashtirib ham qo'yadilar. Bunday o'xshash oyatlarni yaxshi o'zlashtirish, ularning farqlarini bilib, bir‑biridan ajratib olish alohida e'tibor talab qiladigan ilm bo'lgani uchun so'nggi oltinchi bobni mutashobih oyatlarga bag'ishladik. Bu mavzuni bayon qilish uchun qadimgi va eng ishonchli manbalardan ikkitasi asos qilib olindi. Ular shayx Abul Hasan Aliy ibn Muhammad ibn Abdussomad ibn Attos Hamadoniyning «Hidoyatul murtab» kitobi hamda Abu Abdulloh Muhammad ibn Abdulloh Asbahoniyning «Durratut-tanzil va g'urratut-ta'vil fil ayatil mutashabihati fi Kitabillahil Aziz» nomli asaridir. Risola mustaqil o'quvchilar hamda islomiy bilim yurtlar talabalari uchun mo'ljallangan.

О книге

Издательство
Hilol-nashr
Год издания
2021
Язык оригинала
O'zbek tili

416 стр. Если читать по 20 страниц в день, вы закончите её примерно за 21 день.

Дочитайте эту книгу в Telegram
Поделиться в Telegram

Где найти книгу

Kitoblarim — каталог книг: самой книги или её PDF здесь нет. Ищите печатную или электронную версию в этих магазинах:

Сохранить в Telegram, чтобы прочитать позже

Рецензии

На эту книгу пока нет рецензий.

Читатели Kitoblarim

Читатели Kitoblarim ещё не оценили эту книгу. Если вы её читали, напишите первый отзыв.

Что почитать дальше

Хотите узнать больше?

Искусственный интеллект расскажет об этом подробнее. Ответ откроется в новой вкладке, а эта страница останется открытой.

Подробнее у ИИ