
1924 Turkistonning parchalanishi
Bu yerda kitobning PDF nusxasi yoʻq
Kitoblarim — kitoblar katalogi: kitob fayllarini bermaymiz, Telegram botimiz ham bermaydi. Kitobni doʻkondan olishingiz yoki kutubxonada bepul oʻqishingiz mumkin. Qayerdan topish mumkin
Turkistonda 1924-yilning kuzida o'tkazilgan milliy-hududiy chegaralanish siyosati natijasida mintaqa parchalab tashlandi. O'zbekiston SSR, boshqa ittifoqdosh hamda avtonom respublikalar va viloyatlar tuzilishi bilan bolshevistik mafkura O'rta Osiyo xalqlarining «milliy davlatchiligi» tashkil qilindi, deb iddao qilinsa ham, aslida «mustaqil milliy sovet respublikalari va avtonom viloyatlari» bo'lgan mazkur tuzilmalar davlatchilikdan juda yiroq edi. Kreml yuritgan bunday «milliy tuzilmalar» aslida yagona sovet davlatining bir qismi, uning bo'laklari hisoblangan. Kommunistik mafkura hukmron bo'lgan qizil imperiya davrida xalqimiz chegaralanish siyosatidagi asl haqiqatdan, bolsheviklarning makru-xiylasi va qabih rejalaridan mutlaqo bexabar edi. Monografiya O'zbekiston Respublikasi va Rossiya Federatsiyasida saqlanayotgan arxiv hujjatlari, yopiq fondlardagi «mutlaqo maxfiy» ma'lumotlar hamda o'sha davr matbuoti materiallari, shuningdek, o'zimizda va xorijda nashr etilgan tarixiy adabiyotlarning taqqosiy tahlili asosida xolis va haqqoniy yozilgan bo'lib, u Turkiston tarixiga befarq bo'lmagan barcha kitobxonlarga mo'ljallangan. Mazkur monografiya O'zbekiston FA Tarix instituti Ilmiy kengashining 2024 yil 27 oktyabrdagi navbatdan tashqari majlis qarori bayonnomasiga asosan nashrga tavsiya etildi.
Kitob haqida
- Nashriyot
- Fan
- Nashr yili
- 2024
- Tili
- O'zbek tili
176 bet. Kuniga 20 bet oʻqisangiz, taxminan 9 kunda tugatasiz.
Oʻqish rejasini Telegramda tuzingKitobni qayerdan topish mumkin
Bosma yoki elektron nusxasini shu doʻkonlardan izlang:
Telegramdagi javoningizga qoʻshingTaqrizlar
Bu kitobga hali taqriz yozilmagan.
Kitoblarim oʻquvchilari
Bu kitobni Kitoblarim oʻquvchilari hali baholamagan. Oʻqigan boʻlsangiz, birinchi boʻlib fikringizni yozing.
Keyingi oʻqish uchun

Qatlnoma
Nabijon Boqiy · 2023

Qizil toshbo'ron
Nabijon Boqiy · 2022

Sohibqiron
Abdulla Oripov · 2022
Qizil qo'shinga qarshi Buxoro
Qahramon Rajabov · 2025

O'zbekiston SSRda sovet rejimining qatog'on siyosati va uning oqibatlari
Qahramon Rajabov · 2025

Turkiston mintaqasida sovet rejimiga qarshi istiqlolchilik harakati va mohiyati (1918-1935)
Qahramon Rajabov · 2025
Yumshoq kuch
Jozef Nay
Xudoyorxon, Yoqubbek, Mirkomilboy
Akmal Maxkamov
Yana bilmoqchimisiz?
Sunʼiy intellekt bu haqda kengroq maʼlumot beradi. Javob yangi oynada ochiladi, bu sahifa ochiq qoladi.
AIʼdan batafsil soʻrash