Kitoblarimcatalogue
Back to books
1924 Turkistonning parchalanishi

1924 Turkistonning parchalanishi

Turkistonda 1924-yilning kuzida o'tkazilgan milliy-hududiy chegaralanish siyosati natijasida mintaqa parchalab tashlandi. O'zbekiston SSR, boshqa ittifoqdosh hamda avtonom respublikalar va viloyatlar tuzilishi bilan bolshevistik mafkura O'rta Osiyo xalqlarining «milliy davlatchiligi» tashkil qilindi, deb iddao qilinsa ham, aslida «mustaqil milliy sovet respublikalari va avtonom viloyatlari» bo'lgan mazkur tuzilmalar davlatchilikdan juda yiroq edi. Kreml yuritgan bunday «milliy tuzilmalar» aslida yagona sovet davlatining bir qismi, uning bo'laklari hisoblangan. Kommunistik mafkura hukmron bo'lgan qizil imperiya davrida xalqimiz chegaralanish siyosatidagi asl haqiqatdan, bolsheviklarning makru-xiylasi va qabih rejalaridan mutlaqo bexabar edi. Monografiya O'zbekiston Respublikasi va Rossiya Federatsiyasida saqlanayotgan arxiv hujjatlari, yopiq fondlardagi «mutlaqo maxfiy» ma'lumotlar hamda o'sha davr matbuoti materiallari, shuningdek, o'zimizda va xorijda nashr etilgan tarixiy adabiyotlarning taqqosiy tahlili asosida xolis va haqqoniy yozilgan bo'lib, u Turkiston tarixiga befarq bo'lmagan barcha kitobxonlarga mo'ljallangan. Mazkur monografiya O'zbekiston FA Tarix instituti Ilmiy kengashining 2024 yil 27 oktyabrdagi navbatdan tashqari majlis qarori bayonnomasiga asosan nashrga tavsiya etildi.

Book details

Publisher
Fan
Publication year
2024
Original language
O'zbek tili

176 pages. At 20 pages a day, you'll finish it in about 9 days.

Finish this book in Telegram

Where to get this book

Kitoblarim is a catalogue of books: the book itself, or a PDF of it, isn't here. Look for a print or e-book copy in these stores:

Save it in Telegram to read later

Reviews

No reviews of this book yet.

Kitoblarim readers

No Kitoblarim reader has rated this book yet. If you've read it, be the first to say what you think.

Read next

Want to know more?

AI can tell you more about this. The answer opens in a new tab, and this page stays open.

Ask AI for more