Kitoblarimkatalog
Kitoblarga qaytish
Farzand Tarbiyasida O'ttiz Uch Xato

Farzand Tarbiyasida O'ttiz Uch Xato

Turkiyalik psixolog, o'qituvchi Said Chamlija Farzand tarbiyasida 33 xato risolasida shunday deydi: Qutblarda ovchilar qutb ayiqlarini qanday ovlashi haqida o'qiganimda hayratlangandim. Ovchilar qutb ayiqlarini terisiga hech qanday zarar yetkazmay, ya'ni po'stini shilmay ovlay oladilar. Qutb ayiqlari qonni yaxshi ko'radi. Ovchilar ularni ovlayotganda ana shu nozik nuqtasidan foydalanadi. Ovchilar o'tkir bolta yoki uchi yo'ng'ichli qurolni uchi ko'rinadigan qilib ko'mishadi. Qurolning ko'rinadigan qismiga biroz qon surishadi. Qon hidi atrofga tarqalguncha kutib turishadi. Qon hidini olgan ayiqlar iskab iskab kelishadi. Qon quyuqroq to'kilgan hududga kela solib yalashga tushishadi. O'tkir tig' yoki bolta tilini kesadi. Lekin ayiqqa qon hidi shunday yoqadiki, tilining jarohatini ham sezmaydi. Ayiq qonni yalayveradi, tilidan qon oqaveradi. O'z qonini yalayotganini bilmaydigan ayiqni bu tuzoqdan hech kim qutqarolmaydi. Ma'lum vaqtdan so'ng qon yo'qotaverganidan holsizlanadi va o'ladi. Ovchilar ayiqning butkul jon taslim qilganiga ishonch hosil qilib terisini shiladilar. Bu hikoyani nega gapirib berdim? Qutb ayig'i birinchi marta xatoga yo'l qo'yganidan keyin o'zini qutqarolmaydi. Televizorda har kuni namoyish etilayotgan seriallar shafqatsizlarcha tuzoqqa tushirishga o'xshaydi. Bu seriallarni bir marta ko'rganidan keyin kishi o'zini qutqarolmaydi. Seriallarning mushtarak xususiyati bitta; har galgi seriyadan keyin Keyingi seriyada nima bo'larkan? degan savol miyada aylanaveradi. Kunlar o'taveradi. Odamlar serial qahramonlarining hayotiga o'ralashib, umrini isrof qilaveradi. O'zimiz va oilamizni mediya asoratidan qutqarmay tarbiya borasidagi muammolariga yechim topa olmaymiz . Mevaning ta'mini yetishgan shoxidan, shox bog'liq bo'lgan daraxtdan, daraxtni urug'idan, urug'ini ekilgan tuproqdan va tuproqning yon-atrofidagi muhitdan ayro tasavvur qilsangiz "Nega bu meva achchiq?" degan savolga javob topolmaysiz.... Va aybni faqat mevaga yuklaysiz! Bolangizni tushuna olishingiz uchun uning o'ziga xos o'sish tarzi bilan bir butun o'laroq ko'ra olishingiz kerak Farzand o'stirish qiyin va murakkab ishdir. Bir ona dunyoga taqdim eta oladigan eng muhim armug'on baxtiyor va ishonchli kishi sifatida o'stirilgan bolalardir.

Kitob haqida

Nashr yili
2023
Asl tili
O'zbek tili

175 bet. Kuniga 20 bet oʻqisangiz, taxminan 9 kunda tugatasiz.

Bu kitobni Telegramda oxirigacha oʻqing
Telegramda ulashish

Kitobni qayerdan topish mumkin

Kitoblarim — kitoblar katalogi: kitobning oʻzi yoki PDF nusxasi bu yerda yoʻq. Bosma yoki elektron nusxasini shu doʻkonlardan izlang:

Taqrizlar

Bu kitobga hali taqriz yozilmagan.

Kitoblarim oʻquvchilari

Bu kitobni Kitoblarim oʻquvchilari hali baholamagan. Oʻqigan boʻlsangiz, birinchi boʻlib fikringizni yozing.

Keyingi oʻqish uchun

Yana bilmoqchimisiz?

Sunʼiy intellekt bu haqda kengroq maʼlumot beradi. Javob yangi oynada ochiladi, bu sahifa ochiq qoladi.

AIʼdan batafsil soʻrash