Kitoblarimkatalog
Kitoblarga qaytish
Mening kitobim. Raqamlar 1-10
Badiiy tarjima

Mening kitobim. Raqamlar 1-10

Sifat jihatidan afzalligi: Kitob yozishni o'rganayotgan bolalar uchun mo'ljallangan sifatli qog'ozda chop etilgan. Qog'oz hatto qalamni boshqarish ko'nikmalari hali shakllanmagan bolalarning chizishlariga ham bardosh bera oladi. Shuningdek, u oson o'chirish va sonlarni qayta-qayta yozish imkoniyatini beradi. Kitob haqida qisqacha: Ushbu kitob bolalarni 1 dan 10 gacha bo'lgan sonlar bilan tanishtirish, sonlarni sanash, o'qish va yozish ko'nikmalarini rivojlantirish uchun mo'ljallangan. Topshiriqlar Kumon metodikasi asosida ishlab chiqilgan bo'lib, bolaga sonlarni bosqichma-bosqich va qiziqarli tarzda o'rganish imkonini beradi. Kitob kimlar uchun? Kitob 2 yoshdan 4 yoshgacha bo'lgan bolalar uchun mo'ljallangan. Kitobdagi topshiriqlar qanday tartibda tuzilgan? Mashqlar bolaning yoshiga mos ravishda oddiydan murakkabga qarab tuzilgan. Dastlab bola turli chiziqlarni chizish orqali qalamni boshqarishni o'rganadi. Keyinchalik sonlarni tanish, sanash va yozishga oid mashqlar orqali sonlar haqidagi tushunchasi mustahkamlanadi. Mashg'ulotlar davomida yordamchi belgilar asta-sekin kamayib boradi va bola sonlarni mustaqil yozishga o'tadi. — Kitob bolalarni 1 dan 10 gacha bo'lgan sonlarni o'qish, yozish va sanashga o'rgatadi. — Topshiriqlar Kumon metodikasi asosida bosqichma-bosqich murakkablashib boradi. — Mashqlar mayda motorika va qalamni boshqarish ko'nikmalarini rivojlantiradi. — Sonlarni yozish va aytish orqali bolada son tushunchasi shakllanadi. — Kitob bolalarning mustaqil o'rganish va o'ziga bo'lgan ishonchini rivojlantiradi. — Sanash va son yozish ko'nikmalari keyingi matematik bilimlar uchun mustahkam poydevor yaratadi. — Yorqin va qiziqarli topshiriqlar bolalarda o'rganishga bo'lgan qiziqishni oshiradi.

Kitob haqida

Nashriyot
Sakura Books
Nashr yili
2026

84 bet. Kuniga 20 bet oʻqisangiz, taxminan 5 kunda tugatasiz.

Bu kitobni Telegramda oxirigacha oʻqing
Telegramda ulashish

Kitobni qayerdan topish mumkin

Kitoblarim — kitoblar katalogi: kitobning oʻzi yoki PDF nusxasi bu yerda yoʻq. Bosma yoki elektron nusxasini shu doʻkonlardan izlang:

Keyinroq oʻqish uchun Telegramda saqlang

Taqrizlar

Bu kitobga hali taqriz yozilmagan.

Kitoblarim oʻquvchilari

Bu kitobni Kitoblarim oʻquvchilari hali baholamagan. Oʻqigan boʻlsangiz, birinchi boʻlib fikringizni yozing.

Keyingi oʻqish uchun

Yana bilmoqchimisiz?

Sunʼiy intellekt bu haqda kengroq maʼlumot beradi. Javob yangi oynada ochiladi, bu sahifa ochiq qoladi.

AIʼdan batafsil soʻrash