Kitoblarimkatalog
Kitoblarga qaytish
Hayvonot olamida ALIFBO

Hayvonot olamida ALIFBO

Har bir bolajon hayotidagi ilk kitob bu - Alifbo. Bolalar juda qiziqadigan va yaqindan bilishni xohlaydigan xilqat esa, shubhasiz hayvonot olami hisoblanadi. Bolalar uchun maxsus tayyorlangan ushbu kitob esa ikki qiziqishni bir joyga jamlaydi. “Hayvonot olamida Alifbo” kitobi nafaqat harflarni o'rgatadi, balki bolangizni hayvonot olamiga ham yetaklaydi. Rang-barang sahifalar va bolalar uchun mo'ljallangan chiroyli illyustratsiyalar bolajon e'tiborini jalb qiladi. Kitobning o'zbek, ingliz va rus tillarida berilishi esa farzandingizning poliglotlik sari dastlabki qadamlariga poydevor bo'ladi. Kitobning har bir sahifasi yuqori sifatli bo'lib, kichik yoshdagi bolalar uchun xavfsiz materiallardan chop etilgan. Ranglar bolalar psixologiyasiga mos tanlangan, tasvirlar esa oson o'rganishga va yodda saqlashga moslangan. Kitobning har bir betida harf, ushbu harf bilan boshlanuvchi hayvon nomi va uning ingliz hamda rus tillaridagi tarjimasini ko'rish mumkin. Mazkur Alifbo bog'cha yoshidagi bolalar va boshlang'ich sinf o'quvchilari uchun juda mos bo'lib, o'yin va o'rganishni birlashtiradi. Bolajonlar uchun nafaqat foydali, balki zavqli hamroh bo'ladigan bu kitob uning bilim olishga bo'lgan qiziqishini orttiradi, eshitish, ko'rish va til o'rganish ko'nikmalarini rivojlantiradi. Kichkintoy uchun eng yaxshi kitobni tanlang - sifatli, chiroyli va foydali Alifbo bilan uni xursand qiling! Ko'proq ko'rish

Kitob haqida

Nashriyot
Asaxiy
Nashr yili
2025
Asl tili
O'zbek tili

35 bet. Kuniga 20 daqiqa oʻqisangiz, taxminan 2 kunda tugatasiz.

Bu kitobni Telegramda oxirigacha oʻqing
Telegramda ulashish

Kitobni qayerdan topish mumkin

Kitoblarim — kitoblar katalogi: kitobning oʻzi yoki PDF nusxasi bu yerda yoʻq. Bosma yoki elektron nusxasini shu doʻkonlardan izlang:

Keyinroq oʻqish uchun Telegramda saqlang

Taqrizlar

Bu kitobga hali taqriz yozilmagan.

Kitoblarim oʻquvchilari

Bu kitobni Kitoblarim oʻquvchilari hali baholamagan. Oʻqigan boʻlsangiz, birinchi boʻlib fikringizni yozing.

Keyingi oʻqish uchun