
Jadid adabiyoti namoyondalari: Abdulla Avloniy
Vatanining mustabidlar zulmidan ozod bo'lishini, millati farzandlarini sharafga to'lganlar qatorida ko'rishni orzulagan xalqimizning qalbi uyg'oq farzandlari - «jadid adabiyoti namoyandalari» bugun yana o'z o'quvchilari bilan yuzlashmoqda. Xalq ma'naviyatini boyitish yo'lida olib borilgan kurashlar, milliy matbuot, adabiyot va teatrning odamlar tafakkurini oshirishdagi ahamiyati haqida asarlarida kuyunib yozgan, bu borada fidoyilik ko'rsatgan, alaloqibat qatag'onga uchraganlar haqida so'z borarkan, Abdulla Qodiriy, Abdurauf Fitrat, Abdulhamid Cho'lpon, Abdulla Avloniy, Mahmudxo'ja Behbudiy, Munavvar qori Abdurashidxonov, Usmon Nosir, Is'hoqxon Ibrat siymolari ko'z oldimizda gavdalanadi. Ular o'z asarlarida ko'targan muammolar hamon bizning qarshimizda bo'y ko'rsatib turibdi. Biz hamon «millatni uyg'otish uyg'onganlarning vazifasi» degan chorlovga munosib javob qaytarolganimiz yo'q. «Jadid adabiyoti namoyandalari» ruknida tayyorlangan kitoblarimizni o'qir ekan, kitobxon o'zini shu vatanning ongli fuqarosi, vatani va millati taqdiri uchun mas'ul inson sifatida namoyon qilishga o'zida jur'at topadi.
Kitob haqida
- Nashriyot
- Zabarjad Media
- Nashr yili
- 2022
- Asl tili
- O'zbek tili
432 bet. Kuniga 20 bet oʻqisangiz, taxminan 22 kunda tugatasiz.
Bu kitobni Telegramda oxirigacha oʻqingKitobni qayerdan topish mumkin
Kitoblarim — kitoblar katalogi: kitobning oʻzi yoki PDF nusxasi bu yerda yoʻq. Bosma yoki elektron nusxasini shu doʻkonlardan izlang:
Keyinroq oʻqish uchun Telegramda saqlangTaqrizlar
Bu kitobga hali taqriz yozilmagan.
Kitoblarim oʻquvchilari
Bu kitobni Kitoblarim oʻquvchilari hali baholamagan. Oʻqigan boʻlsangiz, birinchi boʻlib fikringizni yozing.
Keyingi oʻqish uchun

Kundalik odoblari
G'iyosiddin Yusuf · 2025

Zamona yigitlari (Yevropadan nimalar o'rganib, nimalaridan saqlanamiz)
Baxtiyor Muhammadamin Abdurrahim o'g'li · 2016

Mehrigiyoh (mashhur qo'shiqlar kutubxonasi)
2016

Bedor tun tomchilari
Sharifa Salimova · 2018

Yoqilgan maktub
Omonxon Mamadaliyev · 2021

Nomi chiqmagan xotin
Hakim Nazir · 2021

Воспоминание, похожее на белый цветок
Muhammad Ismoil · 2022

Lavh (Saylanma IV)
Hakim Abdulla · 2022
Yana bilmoqchimisiz?
Sunʼiy intellekt bu haqda kengroq maʼlumot beradi. Javob yangi oynada ochiladi, bu sahifa ochiq qoladi.
AIʼdan batafsil soʻrash