Kitoblarimkatalog
Kitoblarga qaytish
Jadid adabiyoti namoyondalari: Abdulhamid Cho'lpon

Jadid adabiyoti namoyondalari: Abdulhamid Cho'lpon

Vatanining mustabidlar zulmidan ozod bo'lishini, millati farzandlarini sharafga to'lganlar qatorida ko'rishni orzulagan xalqimizning qalbi uyg'oq farzandlari - «jadid adabiyoti namoyandalari» bugun yana o'z o'quvchilari bilan yuzlashmoqda. Xalq ma'naviyatini boyitish yo'lida olib borilgan kurashlar, milliy matbuot, adabiyot va teatrning odamlar tafakkurini oshirishdagi ahamiyati haqida asarlarida kuyunib yozgan, bu borada fidoyilik ko'rsatgan, alaloqibat qatag'onga uchraganlar haqida so'z borarkan, Abdulla Qodiriy, Abdurauf Fitrat, Abdulhamid Cho'lpon, Abdulla Avloniy, Mahmudxo'ja Behbudiy, Munavvar qori Abdurashidxonov, Usmon Nosir, Is'hoqxon Ibrat siymolari ko'z oldimizda gavdalanadi. Ular o'z asarlarida ko'targan muammolar hamon bizning qarshimizda bo'y ko'rsatib turibdi. Biz hamon «millatni uyg'otish uyg'onganlarning vazifasi» degan chorlovga munosib javob qaytarolganimiz yo'q. «Jadid adabiyoti namoyandalari» ruknida tayyorlangan kitoblarimizni o'qir ekan, kitobxon o'zini shu vatanning ongli fuqarosi, vatani va millati taqdiri uchun mas'ul inson sifatida namoyon qilishga o'zida jur'at topadi. Ko'proq ko'rish

Kitob haqida

Nashr yili
2022
Asl tili
O'zbek tili

336 bet. Kuniga 20 daqiqa oʻqisangiz, taxminan 17 kunda tugatasiz.

Bu kitobni Telegramda oxirigacha oʻqing
Telegramda ulashish

Kitobni qayerdan topish mumkin

Kitoblarim — kitoblar katalogi: kitobning oʻzi yoki PDF nusxasi bu yerda yoʻq. Bosma yoki elektron nusxasini shu doʻkonlardan izlang:

Keyinroq oʻqish uchun Telegramda saqlang

Taqrizlar

Bu kitobga hali taqriz yozilmagan.

Kitoblarim oʻquvchilari

Bu kitobni Kitoblarim oʻquvchilari hali baholamagan. Oʻqigan boʻlsangiz, birinchi boʻlib fikringizni yozing.

Keyingi oʻqish uchun