
Oqar daryo
Xayotda faqat halollikni pesha tutgan, Haq yo'ldan chekinmagan “Shoxsanam” romani qahramoni kunlarning birida sudga tortiladi. Ajabki, u o'zini shunday jazoga munosib deb biladi: «So'nggi so'z berildi. Ikki og'iz gapirdim: men shunday jazoga munosibman dedim. Lekin sizlar tiqishtirgan ayblar uchunmas, balki anovi Qonun kitobingizning hech bir moddasida qayd etilmagan jinoyatu xiyonatlarim uchun munosibman dedim...» Darvoqe, inson hayotida hech bir rasmiy hujjatlarda qayd etilmagan azaliy qonun-qoida, aqidalar borki, ularga bepisand bo'lishlikning oqibati halokatlidir. Asar qahramoni o'z iqrornomasida ana shuni nazarda tutgan edi. Aziz o'qirman, mana, adib Orziqul Ergash ijodiy bisotidan tanlab tartib berilgan roman, qissa, hikoyalardan iborat yangi kitobi qo'lingizda. Ishonamizki, undagi bitiklar sizga maroqli mutolaa onlarini tuhfa etadi, ko'ngil mulkingizdan chukur joy oladi.
Kitob haqida
- Nashriyot
- Akademnashr
- Nashr yili
- 2023
- Asl tili
- O'zbek tili
576 bet. Kuniga 20 bet oʻqisangiz, taxminan 29 kunda tugatasiz.
Bu kitobni Telegramda oxirigacha oʻqingKitobni qayerdan topish mumkin
Kitoblarim — kitoblar katalogi: kitobning oʻzi yoki PDF nusxasi bu yerda yoʻq. Bosma yoki elektron nusxasini shu doʻkonlardan izlang:
Taqrizlar
Bu kitobga hali taqriz yozilmagan.
Kitoblarim oʻquvchilari
Bu kitobni Kitoblarim oʻquvchilari hali baholamagan. Oʻqigan boʻlsangiz, birinchi boʻlib fikringizni yozing.
Keyingi oʻqish uchun
Yana bilmoqchimisiz?
Sunʼiy intellekt bu haqda kengroq maʼlumot beradi. Javob yangi oynada ochiladi, bu sahifa ochiq qoladi.
AIʼdan batafsil soʻrash






