
Orziqib kutaman ertani
Bu yerda kitobning PDF nusxasi yoʻq
Kitoblarim — kitoblar katalogi: kitob fayllarini bermaymiz, Telegram botimiz ham bermaydi. Kitobni doʻkondan olishingiz yoki kutubxonada bepul oʻqishingiz mumkin. Qayerdan topish mumkin
Amerika yozuvchisi Sidni Sheldon 1917 yilda Chikagoda tug'ilgan. U ikkinchi jahon urushidan oldinoq Gollivudda kinossenarist sifatida shuhrat topdi. Darvoqe, S. Sheldon urushda AQSH Harbiy Havo Kuchlari uchuvchisi sifatida ishtirok etdi. U urushdan keyin ham kinoda ishlashni davom ettirdi. Uning qalamiga mansub olti pyesa Brodveydagi teatrlar repertuaridan joy olib, shov-shuvlarga ham sabab bo'ldi. Yozuvchi 1963 yilda EY-BI-SI korporatsiyasi bilan hamkorlikni boshlab, ikki yuzdan ziyod televizion ssenariylar yaratdi. Biroq S.Sheldonga jahon miqyosidagi shon-shuhratni kitoblari keltirdi. Uning asarlari bir yuz saksondan ortiq mamlakatda ellikdan ortiq tilda nashr etildi. Adibning qalamiga mansub ellikdan ortiq o'tkir mavzuli asarlari orasida «Yarim tunning orqa tomoni», «Qonli qadam», «Farishtalar qahri», «Ko'zgudagi darbadar», «Tong, kun, tun» kabi romanlari alohida o'rin tutadi. S. Sheldon ko'pdan-ko'p adabiy va kino san'ati sohasida beriladigan nufuzli sovrinlarning, jumladan, Edgar Po nomli va Oskar mukofotining sohibi bo'lgan. Adib umrining oxiriga qadar samarali ijod bilan band bo'ldi. Sidni Sheldon 2007 yil yanvar oyida 90 yoshida vafot etdi.
Kitob haqida
- Nashriyot
- Yangi Asr Avlodi
- Nashr yili
- 2020
- Tili
- O'zbek tili
368 bet. Kuniga 20 bet oʻqisangiz, taxminan 19 kunda tugatasiz.
Oʻqish rejasini Telegramda tuzingKitobni qayerdan topish mumkin
Bosma yoki elektron nusxasini shu doʻkonlardan izlang:
Telegramdagi javoningizga qoʻshingTaqrizlar
Bu kitobga hali taqriz yozilmagan.
Kitoblarim oʻquvchilari
Bu kitobni Kitoblarim oʻquvchilari hali baholamagan. Oʻqigan boʻlsangiz, birinchi boʻlib fikringizni yozing.
Keyingi oʻqish uchun

Yolg'onlar shahri (18+)
Ramita Navai · 2020

Alif
Paulo Koelo · 2020
Расколотые сны
Sidni Sheldon · 2024
После полуночи
Sidni Sheldon · 2024
Незнакомец в зеркале
Sidni Sheldon · 2024
Оборотная сторона полуночи-2: как феникс из пепла
Sidni Sheldon · 2024
Интриганка
Sidni Sheldon · 2024
Интриганка - 2
Sidni Sheldon · 2024
Yana bilmoqchimisiz?
Sunʼiy intellekt bu haqda kengroq maʼlumot beradi. Javob yangi oynada ochiladi, bu sahifa ochiq qoladi.
AIʼdan batafsil soʻrash