
Pocket Vocabulary B1
B1 Pocket Vocabulary — bu Oxford lug'ati tomonidan taqdim etilgan ingliz tilida eng ko'p ishlatiluvchi 3000 ta so'z ga asoslangan kitob bo'lib, u sizga ushbu so'zlarni samarali yodlashingizda yordam berishni maqsad qilgan. Ushbu kitob ingliz tilida boshlang'ich va o'rta darajadagi bilimga ega o'quvchilar uchun mo'ljallangan. Kitobdan foydalanish orqali so'zlarni yozib chiqish uchun ketadigan umumiy hisobda 10000 daqiqaga vaqt ingiz tejaladi. Sinonim, so'z birikmalari va misol gaplar tufayli so'zlarni eslab qolishda uni aktiv so'z boyligi ngiz orasiga qo'shilish ehtimoli yuqori bo'ladi. Kitobdagi so'zlarni o'z cho'ntagingizga sig'adigan kartochkalar shaklida qirqib olishingiz va yoningizda olib yurib istalgan joyda foydalanishingiz mumkin. Tajribadan o'tmagan yangicha yo'llardan emas, balki sinalgan, ekspertlar tomonidan tavsiya etiluvchi hamda keng qo'llaniluvchi usul orqali yangi so'zlarni yodlaysiz. Kitob so'zlarning qiyinlik darajasiga ko'ra beshta: A1, A2, B1, B2, C (C1 va C2 bitta) qismlarga bo'lingan. Hozir qo'lingizda turgan kitob ularning uchinchi B1 qism i bo'lib, unda Oxford ro'yxatidagi 1055 ta so'z jamlangan. Fe'l so'z turkumlari alohida yozilgani sababli kitobdagi so'zlar soni 1270 ta. Kitob har bir sahifasiga 10 ta so'z quyidagi kartochkalar ko'rinishida joylashtirilgan: Har bir kartochka o'z ichiga: • so'z; • so'z turkumi; • so'z darajasi; • so'zning kitobdagi tartib raqami; • tarjima; • sinonim va antonimlar; • so'z ishtirokidagi birikmalar va ularning tarjimalari; • so'z ishtirok etgan gaplarni oladi. Mualliflar: Qudratxo'ja Musayev — kitob g'oyasi hamda uning yozilishidagi asosiy muallif. Toshkent axborot texnologiyalari universiteti bitiruvchisi. IELTS imtihonidan 7.5 va 8 ballik, xususan Reading bo'limidan 8.5 va 9 ballik natijalar qayd etgan. Iroda Jo'rayeva — kitob muharriri. Buxoro davlat universiteti bitiruvchisi. “Elis Monro hikoyalar to'plami” tarjimonlaridan biri. Til o'qitish markazlari va onlayn platformalarda ingliz tilidan dars berish tajribasiga ega. Shuningdek, bir qator loyihalarda tarjimon sifatida qatnashib kelmoqda. Madina Mavlonova — kitob muqovasi dizayni muallifi. Telegramdagi @illustros kanali asoschisi Bundan tashqari kitob ustida 10 ga yaqin odam umumiy hisobda 50000 soatdan ko'p mehnat qilishgan.
Kitob haqida
- Nashriyot
- Yosh Kuch
- Nashr yili
- 2022
- Asl tili
- O'zbek tili
128 bet. Kuniga 20 bet oʻqisangiz, taxminan 7 kunda tugatasiz.
Bu kitobni Telegramda oxirigacha oʻqingKitobni qayerdan topish mumkin
Kitoblarim — kitoblar katalogi: kitobning oʻzi yoki PDF nusxasi bu yerda yoʻq. Bosma yoki elektron nusxasini shu doʻkonlardan izlang:
Taqrizlar
Bu kitobga hali taqriz yozilmagan.
Kitoblarim oʻquvchilari
Bu kitobni Kitoblarim oʻquvchilari hali baholamagan. Oʻqigan boʻlsangiz, birinchi boʻlib fikringizni yozing.
Keyingi oʻqish uchun

Pocket Vocabulary A1
Qudratxo'ja Musayev · 2021

Pocket Vocabulary C1, C2
Qudratxo'ja Musayev · 2022

Pocket Vocabulary A2
Qudratxo'ja Musayev · 2021

Pocket Vocabulary B2
Qudratxo'ja Musayev · 2022

Power up. Pupil's Book + Activity Book (3)
Caroline Nixon, Michael Tomlinson · 2020

Грамматика английского языка. Students' Book (+CD) New Round-Up 5
2010

Rus tili krossvord (green crossword)
Abdulloh Jo'raboy o'g'li · 2023

5th Edition: Level 6
Let's Go · 2021
Yana bilmoqchimisiz?
Sunʼiy intellekt bu haqda kengroq maʼlumot beradi. Javob yangi oynada ochiladi, bu sahifa ochiq qoladi.
AIʼdan batafsil soʻrash