Kitoblarimcatalogue
Back to books
Pocket Vocabulary B1

Pocket Vocabulary B1

B1 Pocket Vocabulary — bu Oxford lug'ati tomonidan taqdim etilgan ingliz tilida eng ko'p ishlatiluvchi 3000 ta so'z ga asoslangan kitob bo'lib, u sizga ushbu so'zlarni samarali yodlashingizda yordam berishni maqsad qilgan. Ushbu kitob ingliz tilida boshlang'ich va o'rta darajadagi bilimga ega o'quvchilar uchun mo'ljallangan. Kitobdan foydalanish orqali so'zlarni yozib chiqish uchun ketadigan umumiy hisobda 10000 daqiqaga vaqt ingiz tejaladi. Sinonim, so'z birikmalari va misol gaplar tufayli so'zlarni eslab qolishda uni aktiv so'z boyligi ngiz orasiga qo'shilish ehtimoli yuqori bo'ladi. Kitobdagi so'zlarni o'z cho'ntagingizga sig'adigan kartochkalar shaklida qirqib olishingiz va yoningizda olib yurib istalgan joyda foydalanishingiz mumkin. Tajribadan o'tmagan yangicha yo'llardan emas, balki sinalgan, ekspertlar tomonidan tavsiya etiluvchi hamda keng qo'llaniluvchi usul orqali yangi so'zlarni yodlaysiz. Kitob so'zlarning qiyinlik darajasiga ko'ra beshta: A1, A2, B1, B2, C (C1 va C2 bitta) qismlarga bo'lingan. Hozir qo'lingizda turgan kitob ularning uchinchi B1 qism i bo'lib, unda Oxford ro'yxatidagi 1055 ta so'z jamlangan. Fe'l so'z turkumlari alohida yozilgani sababli kitobdagi so'zlar soni 1270 ta. Kitob har bir sahifasiga 10 ta so'z quyidagi kartochkalar ko'rinishida joylashtirilgan: Har bir kartochka o'z ichiga: • so'z; • so'z turkumi; • so'z darajasi; • so'zning kitobdagi tartib raqami; • tarjima; • sinonim va antonimlar; • so'z ishtirokidagi birikmalar va ularning tarjimalari; • so'z ishtirok etgan gaplarni oladi. Mualliflar: Qudratxo'ja Musayev — kitob g'oyasi hamda uning yozilishidagi asosiy muallif. Toshkent axborot texnologiyalari universiteti bitiruvchisi. IELTS imtihonidan 7.5 va 8 ballik, xususan Reading bo'limidan 8.5 va 9 ballik natijalar qayd etgan. Iroda Jo'rayeva — kitob muharriri. Buxoro davlat universiteti bitiruvchisi. “Elis Monro hikoyalar to'plami” tarjimonlaridan biri. Til o'qitish markazlari va onlayn platformalarda ingliz tilidan dars berish tajribasiga ega. Shuningdek, bir qator loyihalarda tarjimon sifatida qatnashib kelmoqda. Madina Mavlonova — kitob muqovasi dizayni muallifi. Telegramdagi @illustros kanali asoschisi Bundan tashqari kitob ustida 10 ga yaqin odam umumiy hisobda 50000 soatdan ko'p mehnat qilishgan. Ko'proq ko'rish

Book details

Publisher
Yosh Kuch
Publication year
2022
Original language
O'zbek tili

128 pages. At 20 minutes a day, you'll finish it in about 7 days.

Finish this book in Telegram

Where to get this book

Kitoblarim is a catalogue of books: the book itself, or a PDF of it, isn't here. Look for a print or e-book copy in these stores:

Reviews

No reviews of this book yet.

Kitoblarim readers

No Kitoblarim reader has rated this book yet. If you've read it, be the first to say what you think.

Read next