Kitoblarimkatalog
O'tmishdan ertaklar

O'tmishdan ertaklar

"O'tmishdan ertaklar" - o'zbek adabiyotining zabardast vakili bo'lgan Abdulla Qahhor ijodiy merosida muhim o'rin tutadi. Bu asar nafaqat yozuvchining bolaligidan hikoya qiladi, balki o'tgan asr boshlarida millat bolalarining mashaqqatli hayoti xususida so'z yuritadi. Nafaqat bolalar, katta avlodning savodsizligi, davr fojialari jonli va ochiq-oydin tasvirlanadi. To'plamning ikkinchi qismi bo'lgan hikoyalar ham o'zbek adabiyotining ma'naviy boyligidir. Yozuvchining ilk hikoyalar to'plami 1932 yilda chop etilgan. Bugungacha bo'lgan davr mobaynida o'zbek adabiyotida, jumladan, hikoyanavislikda juda ko'p asarlar yaratildi. Sara hikoyalar, deya e'tirof etilgan bir qancha ijod namunalari o'quvchilar hukmiga havola etildi. Ammo Abdulla Qahhor hikoyalari yillar chig'irig'ini pisand etmay, hamon sevib o'qiladi. Adib qahramonlari o'quvchi uchun qadrdon va ardoqli. Mutolaadan keyingi tanaffusda Unsin uchun qayg'uramiz, Turobjonning xotiniga anor ilamiz, Qobil boboga taskin bergimiz keladi, ming bir jonli Mastura va uning vafodor eri Akromjonga havas qilamiz. Sodda va kamtar insonlar sizni suhbatga chorlaydi. Beixtiyor yana mutolaaga o'tirasiz. Abdulla Qahhor asarlarida ana shunday ohanrabo bor...

Kitob haqida

Nashr yili
2023
Asl tili
O'zbek tili

160 bet. Kuniga 20 bet oʻqisangiz, taxminan 8 kunda tugatasiz.

Bu kitobni Telegramda oxirigacha oʻqing
Telegramda ulashish

Kitobni qayerdan topish mumkin

Kitoblarim — kitoblar katalogi: kitobning oʻzi yoki PDF nusxasi bu yerda yoʻq. Bosma yoki elektron nusxasini shu doʻkonlardan izlang:

Keyinroq oʻqish uchun Telegramda saqlang

Taqrizlar

Bu kitobga hali taqriz yozilmagan.

Kitoblarim oʻquvchilari

Bu kitobni Kitoblarim oʻquvchilari hali baholamagan. Oʻqigan boʻlsangiz, birinchi boʻlib fikringizni yozing.

Nashrlar (2)

Yangi Asr Avlodi · 2023

ISBN:
9789943202351
Tili:
O'zbek tili
Yozuv:
Lotin
Sahifalar:
160
Muqova:
Yumshoq
Format:
A5

Keyingi oʻqish uchun

Yana bilmoqchimisiz?

Sunʼiy intellekt bu haqda kengroq maʼlumot beradi. Javob yangi oynada ochiladi, bu sahifa ochiq qoladi.

AIʼdan batafsil soʻrash