
Rejissyor. Bevaqt uzilgan tor faryodi
Rejissyor “ Rejissyor ” taniqli aktrisa Dilorom Karimovaning memuar asari bo'lib, unda o'zbek teatrining eng og'riqli sahifalari fosh etiladi. Asar rejissyor Toshxo'ja Xo'jayevning hayoti, ijodi, teatrdan turli intrigalar sabab judo bo'lishi va o'zi “yulduz” qilgan shogirdlari tomonidan unutilishi haqida hikoya qiladi. Bu shunchaki xotiralar yig'indisi emas — iste'dodning qanday halok bo'lishi to'g'risidagi achchiq haqiqatdir. Kitobning ikkinchi qismi — “Teatr” essesi “Rejissyor” asarining mantiqiy davomi bo'lib, unda Toshxo'ja Xo'jayev teatrdan ketganidan keyin yuz bergan voqealar, “Hamza” teatrining ikkiga bo'linishi va buning oqibatlari batafsil yoritiladi. Ushbu asar teatr san'ati ixlosmandlari, ijodkorlar hamda o'zbek teatrining tarixi va sahna ortidagi haqiqatlarga qiziqqan kitobxonlar uchun qimmatli manbadir. Undagi samimiy xotiralar, teran tahlillar va hayotiy voqealar sizni teatr olamiga mutlaqo boshqacha nigoh bilan qarashga undaydi. Asosiy xususiyatlari: Janr: Memuar, publitsistika; Muallif: Dilorom Karimova; Mavzular: Teatr san'ati, ijod, hayotiy xotiralar, o'zbek teatri tarixi; Hajmi: 276 bet. Ko'proq ko'rish
Kitob haqida
- Nashriyot
- Asaxiy
- Nashr yili
- 2026
- Asl tili
- O'zbek tili
276 bet. Kuniga 20 daqiqa oʻqisangiz, taxminan 14 kunda tugatasiz.
Bu kitobni Telegramda oxirigacha oʻqingKitobni qayerdan topish mumkin
Kitoblarim — kitoblar katalogi: kitobning oʻzi yoki PDF nusxasi bu yerda yoʻq. Bosma yoki elektron nusxasini shu doʻkonlardan izlang:
Keyinroq oʻqish uchun Telegramda saqlangTaqrizlar
Bu kitobga hali taqriz yozilmagan.
Kitoblarim oʻquvchilari
Bu kitobni Kitoblarim oʻquvchilari hali baholamagan. Oʻqigan boʻlsangiz, birinchi boʻlib fikringizni yozing.







