
Savr bayozi
Qamariya taqvimi bo'yicha Oyning o'n ikki burji va yigirma sakkizta manzili bor. Burjlar — hamal, savr, javzo, saraton, asad, sunbula, mezon, aqrab, qavs, jadiy, dalv, hut. Har bir burjda ikkiyu uchdan bir manzil bo'lib, oy har kecha shu manzillardan biriga tushib o'tadi. Agar oy 30 kun bo'lsa, ikki kecha oy ko'rinmaydi. 29 kun bo'lsa, bir kecha ko'rinmaydi. Quyosh mazkur manzillarning har birida 13 kun va 1/3 kun turib o'tadi. 28 ta manzilning kunlari qo'shilib bir yil bo'ladi. Qiziq tomoni shundaki, bu sanalarda nafaqat tabiatda, inson ruhiyatida ham turli o'zgarishlar sodir bo'ladi. Adib Farmon Toshev o'z nazmida ana shu o'zgarishlar, umuman inson ruhiyatining turfa holatlarini tasvirlashga intiladi. Shu asnoda shoirning Sunbula, Mezon, Aqrab, Javzo, Asad, Qavs, Hut burjlari nomi bilan bayozlari yuzaga keldi va o'quvchilar hukmiga havola etildi. Ijodkor mazkur to'plamini “Hamal bayozı” deb nomlagan. Garchi nom ramziy hisoblansada, bu satrlarda siz inson ruhiyatining tabiat o'zgarishlaridagi sehrli holatlari tasviriga duch kelasiz. Xususan, mumtoz janrdagi g'azal, tahmis, ruboiy va masnaviylarni mutolaa qilib, dilingizga yaqin tuyg'ularga oshno bo'lasiz.
Kitob haqida
- Nashriyot
- Sahhoh
- Nashr yili
- 2025
- Asl tili
- O'zbek tili
128 bet. Kuniga 20 bet oʻqisangiz, taxminan 7 kunda tugatasiz.
Bu kitobni Telegramda oxirigacha oʻqingKitobni qayerdan topish mumkin
Kitoblarim — kitoblar katalogi: kitobning oʻzi yoki PDF nusxasi bu yerda yoʻq. Bosma yoki elektron nusxasini shu doʻkonlardan izlang:
Keyinroq oʻqish uchun Telegramda saqlangTaqrizlar
Bu kitobga hali taqriz yozilmagan.
Kitoblarim oʻquvchilari
Bu kitobni Kitoblarim oʻquvchilari hali baholamagan. Oʻqigan boʻlsangiz, birinchi boʻlib fikringizni yozing.
Keyingi oʻqish uchun
Yana bilmoqchimisiz?
Sunʼiy intellekt bu haqda kengroq maʼlumot beradi. Javob yangi oynada ochiladi, bu sahifa ochiq qoladi.
AIʼdan batafsil soʻrash






