
Savr bayozi
Qamariya taqvimi bo'yicha Oyning o'n ikki burji va yigirma sakkizta manzili bor. Burjlar — hamal, savr, javzo, saraton, asad, sunbula, mezon, aqrab, qavs, jadiy, dalv, hut. Har bir burjda ikkiyu uchdan bir manzil bo'lib, oy har kecha shu manzillardan biriga tushib o'tadi. Agar oy 30 kun bo'lsa, ikki kecha oy ko'rinmaydi. 29 kun bo'lsa, bir kecha ko'rinmaydi. Quyosh mazkur manzillarning har birida 13 kun va 1/3 kun turib o'tadi. 28 ta manzilning kunlari qo'shilib bir yil bo'ladi. Qiziq tomoni shundaki, bu sanalarda nafaqat tabiatda, inson ruhiyatida ham turli o'zgarishlar sodir bo'ladi. Adib Farmon Toshev o'z nazmida ana shu o'zgarishlar, umuman inson ruhiyatining turfa holatlarini tasvirlashga intiladi. Shu asnoda shoirning Sunbula, Mezon, Aqrab, Javzo, Asad, Qavs, Hut burjlari nomi bilan bayozlari yuzaga keldi va o'quvchilar hukmiga havola etildi. Ijodkor mazkur to'plamini “Hamal bayozı” deb nomlagan. Garchi nom ramziy hisoblansada, bu satrlarda siz inson ruhiyatining tabiat o'zgarishlaridagi sehrli holatlari tasviriga duch kelasiz. Xususan, mumtoz janrdagi g'azal, tahmis, ruboiy va masnaviylarni mutolaa qilib, dilingizga yaqin tuyg'ularga oshno bo'lasiz. Ko'proq ko'rish
Book details
- Publisher
- Sahhoh
- Publication year
- 2025
- Original language
- O'zbek tili
128 pages. At 20 pages a day, you'll finish it in about 7 days.
Finish this book in TelegramWhere to get this book
Kitoblarim is a catalogue of books: the book itself, or a PDF of it, isn't here. Look for a print or e-book copy in these stores:
Save it in Telegram to read laterReviews
No reviews of this book yet.
Kitoblarim readers
No Kitoblarim reader has rated this book yet. If you've read it, be the first to say what you think.
Read next
Want to know more?
AI can tell you more about this. The answer opens in a new tab, and this page stays open.
Ask AI for more






