Kitoblarimkatalog
Talaba

Talaba

Tara ajabtovur muhitda ulg'aygan. Dadasi mormon e'tiqodiga sodiq, dinni hamma narsadan ustun ko'ruvchi odam. Onasi esa doyalik qilib, giyohlardan damlamalar tayyorlash bilan shug'ullanadi va har qanday kasallikni, hatto saratonni ham dori darmonlarsiz davolay olishini da'vo qiladi. Tara oiladagi boshqa farzandlar kabi tashqi dunyodan ihotalab qo'yilgan, davlat maktabida o'qimagan va faqat ota-onasining ra'yiga ko'ra tarbiya topgan. Lekin unda, akasi Taylerning beqiyos xizmati bilan, ta'limga nisbatan qiziqish uyg'onadi va shu narsa uning hayotini butkul o'zgartirib yuboradi. Vestoverlar oilasi ko'p farzandli ekaniga qaramay, maktab avtobusi ularning xonadonini chetlab o'tadi. Buning jiddiy sababi bor: u oilada hech kim maktabga bormaydi. Mutaassib ota va u chizgan chiziqdan chiqmaydigan ona davlat ta'limiga “miyani yuvish” vositasi sifatida qarab, farzandlarini uyda olib o'tirishga, ularni mormon qadriyatlariga muvofiq tarbiyalashga tish-tirnog'i bilan harakat qiladi. Yetti nafar bolaning to'rttasida hatto tug'ilganlik haqida guvohnoma hamyo'q. Shunday biqiq va g'alati muhitda tug'ilgan Taraning kelajagi go'yo oldindan tayin edi: mormon qadriyatlariga mos ravishda tarbiya topib, ulg'aygach, onasi kabi doya bo'lib yetishishi va mormon yigitga turmushga chiqishi kerak edi. Ammo taqdir charxpalagi tamoman teskari aylanib, ilmga chanqoq bu qizning hayoti butkul o'zgarib ketadi. Tara Vestoverning “Talaba” asari uning ilm yo'lidagi sayohatini jonli tarzda tasvirlab beradi. Tara Vestover o'z hikoyasi orqali chidamlilik va ta'lim kuchini ko'rsatadi hamda o'tmish qoliplaridan chiqib o'zni qayta kashf qilishga ilhomlantiradi. “Ajoyib hikoya va haqiqatan ham ilhomlantiruvchi. Bu siz eshitganingizdan ham yaxshiroq.“ - Bill Geyts “Yurakni larzaga keltiruvchi. . . ta'limning ko'zni ochish va hayotni o'zgartirish qudrati haqida ajoyib vasiyat.“ - Emi Chua, The New York Times Book Review Ushbu kitob Xalq banki bilan hamkorlikda chop etildi.

Kitob haqida

Nashriyot
Asaxiy
Nashr yili
2024
Asl tili
O'zbek tili

420 bet. Kuniga 20 bet oʻqisangiz, taxminan 21 kunda tugatasiz.

Bu kitobni Telegramda oxirigacha oʻqing
Telegramda ulashish

Kitobni qayerdan topish mumkin

Kitoblarim — kitoblar katalogi: kitobning oʻzi yoki PDF nusxasi bu yerda yoʻq. Bosma yoki elektron nusxasini shu doʻkonlardan izlang:

Keyinroq oʻqish uchun Telegramda saqlang

Taqrizlar

Bu kitobga hali taqriz yozilmagan.

Kitoblarim oʻquvchilari

Bu kitobni Kitoblarim oʻquvchilari hali baholamagan. Oʻqigan boʻlsangiz, birinchi boʻlib fikringizni yozing.

Keyingi oʻqish uchun

Yana bilmoqchimisiz?

Sunʼiy intellekt bu haqda kengroq maʼlumot beradi. Javob yangi oynada ochiladi, bu sahifa ochiq qoladi.

AIʼdan batafsil soʻrash