
Talaba
Tara ajabtovur muhitda ulg'aygan. Dadasi mormon e'tiqodiga sodiq, dinni hamma narsadan ustun ko'ruvchi odam. Onasi esa doyalik qilib, giyohlardan damlamalar tayyorlash bilan shug'ullanadi va har qanday kasallikni, hatto saratonni ham dori darmonlarsiz davolay olishini da'vo qiladi. Tara oiladagi boshqa farzandlar kabi tashqi dunyodan ihotalab qo'yilgan, davlat maktabida o'qimagan va faqat ota-onasining ra'yiga ko'ra tarbiya topgan. Lekin unda, akasi Taylerning beqiyos xizmati bilan, ta'limga nisbatan qiziqish uyg'onadi va shu narsa uning hayotini butkul o'zgartirib yuboradi. Vestoverlar oilasi ko'p farzandli ekaniga qaramay, maktab avtobusi ularning xonadonini chetlab o'tadi. Buning jiddiy sababi bor: u oilada hech kim maktabga bormaydi. Mutaassib ota va u chizgan chiziqdan chiqmaydigan ona davlat ta'limiga “miyani yuvish” vositasi sifatida qarab, farzandlarini uyda olib o'tirishga, ularni mormon qadriyatlariga muvofiq tarbiyalashga tish-tirnog'i bilan harakat qiladi. Yetti nafar bolaning to'rttasida hatto tug'ilganlik haqida guvohnoma hamyo'q. Shunday biqiq va g'alati muhitda tug'ilgan Taraning kelajagi go'yo oldindan tayin edi: mormon qadriyatlariga mos ravishda tarbiya topib, ulg'aygach, onasi kabi doya bo'lib yetishishi va mormon yigitga turmushga chiqishi kerak edi. Ammo taqdir charxpalagi tamoman teskari aylanib, ilmga chanqoq bu qizning hayoti butkul o'zgarib ketadi. Tara Vestoverning “Talaba” asari uning ilm yo'lidagi sayohatini jonli tarzda tasvirlab beradi. Tara Vestover o'z hikoyasi orqali chidamlilik va ta'lim kuchini ko'rsatadi hamda o'tmish qoliplaridan chiqib o'zni qayta kashf qilishga ilhomlantiradi. “Ajoyib hikoya va haqiqatan ham ilhomlantiruvchi. Bu siz eshitganingizdan ham yaxshiroq.“ - Bill Geyts “Yurakni larzaga keltiruvchi. . . ta'limning ko'zni ochish va hayotni o'zgartirish qudrati haqida ajoyib vasiyat.“ - Emi Chua, The New York Times Book Review Ushbu kitob Xalq banki bilan hamkorlikda chop etildi. Ko'proq ko'rish
О книге
- Издательство
- Asaxiy
- Год издания
- 2024
- Язык оригинала
- O'zbek tili
420 стр. Если читать по 20 минут в день, вы закончите её примерно за 21 день.
Дочитайте эту книгу в TelegramГде найти книгу
Kitoblarim — каталог книг: самой книги или её PDF здесь нет. Ищите печатную или электронную версию в этих магазинах:
Сохранить в Telegram, чтобы прочитать позжеРецензии
На эту книгу пока нет рецензий.
Читатели Kitoblarim
Читатели Kitoblarim ещё не оценили эту книгу. Если вы её читали, напишите первый отзыв.
Что почитать дальше

1984
Jorj Oruell · 2025

Rejali ayol. Baxtli hayot qoidalari
Mey Mask · 2024

Jannat
Abdurazzoq Gurna · 2024

Stiv Jobs
Uolter Ayzekson · 2019

Mening hayotim
Henri Ford · 2021

Eljernonga atalgan gullar. Hyugo mukofoti sovrindori
Deniyel Kiz · 2021

Archangel (used)
Robert Harris · 1999

The Mermaids Singing (used)
Val McDermid · 1999