Kitoblarimkatalog
Millatparvar

Millatparvar

Ushbu kitobdan siyosatshunos Qudratilla Rafiqovning yangilanayotgan O'zbekiston siyratiga chizgilari - Prezident Shavkat Mirziyoyev rahbarligida mamlakatimizda amalga oshirilayotgan hayotbaxsh islohotlar haqida chuqur tahlil asosida bitilgan publitsistik maqolalari o'rin olgan. Muallifning ravon va sodda tilda ifoda etilgan fikrlaridan o'quvchi o'ziga katta taassurot oladi, bilim va dunyogarashi kengayadi. Tarixdan ma'lumki, Ipak yo'lining qoq markazida joylashgan mamlakatimiz azaldan multikulturalizm - turli madaniyatlar, din va tamaddunlar o'chog'i kesishgan hudud hisoblangan. Bu yerda qadimdan yashab kelayotgan xalqlar tarix davomida bir-birini har tomonlama qo'llagan, bir-birini to'ldirib kelgan. Bugun ham ona Vatanimiz nafaqat o'zbeklarga, balki o'nlab boshqa xalqlarga ham aziz makondir. Kitobni o'qigan odam beixtiyor shuni anglaydiki, Yangi O'zbekiston tarixini irqi, dini, tili, madaniyati va qadriyatlaridan qat'i nazar bir maqsad yo'lida barcha o'zbekistonliklar - ko'p millatli xalqimiz bir musht bo'lib, birikib, yaxlit millat va xalq sifatida birga yaratmoqda. Shunday ekan, uning shonli, yorqin bo'yoqlarga boy bo'lishiga har birimiz daxldormiz. Albatta, buning uchun insonda buyuk tuyg'u - vatanparvarlik bo'lishi kerak. Keng o'quvchilar ommasiga mo'ljallangan mazkur to'plam ana shunday hayotbaxsh tuyg'ular uyg'otishiga ishonamiz.

Kitob haqida

Nashriyot
Akademnashr
Nashr yili
2025
Asl tili
O'zbek tili

320 bet. Kuniga 20 bet oʻqisangiz, taxminan 16 kunda tugatasiz.

Bu kitobni Telegramda oxirigacha oʻqing
Telegramda ulashish

Kitobni qayerdan topish mumkin

Kitoblarim — kitoblar katalogi: kitobning oʻzi yoki PDF nusxasi bu yerda yoʻq. Bosma yoki elektron nusxasini shu doʻkonlardan izlang:

Keyinroq oʻqish uchun Telegramda saqlang

Taqrizlar

Bu kitobga hali taqriz yozilmagan.

Kitoblarim oʻquvchilari

Bu kitobni Kitoblarim oʻquvchilari hali baholamagan. Oʻqigan boʻlsangiz, birinchi boʻlib fikringizni yozing.

Keyingi oʻqish uchun

Yana bilmoqchimisiz?

Sunʼiy intellekt bu haqda kengroq maʼlumot beradi. Javob yangi oynada ochiladi, bu sahifa ochiq qoladi.

AIʼdan batafsil soʻrash