Kitoblarimkatalog
Sharaf yo'li

Sharaf yo'li

Sharaf yo'li Tog'ning yuksakligi masofadan yaqqolroq ko'zga tashlanadi, deyishadi. Yillar o'tgan sayin biz ham xalqimizning ulug' farzandi, atoqli davlat arbobi va yozuvchi Sharof Rashidovning el-yurtimiz uchun qanchalar fidoyi rahbar, betakror va benazir shaxs bo'lganini teranroq his etib, anglamoqdamiz. “Sharaf yo'li” romanida sho'ro davridagi murakkab sharoitda respublikani deyarli chorak asr sharaf bilan boshqargan, doimo el-yurt manfaatini o'ylab yashagan, xalqning asl ehtirom-e'zoziga sazovor bo'lgan yetakchining dolg'ali kechmishi va jo'shqin faoliyati yoritilgan. Umid borki, millatimiz qahramoniga aylangan ulug' arbob Sharof Rashidovning hayot yo'li, bemisl yutuq-g'alabalari, muvaffaqiyatlari, ayni paytda, mag'lubiyati va ko'ngil iztiroblari aks etgan asar o'quvchilarimizni befarq qoldirmaydi, ularni bugungi kunimiz uchun ham muhim, ko'lamdor xulosalar, saboqlar chiqarishga undaydi. Kitobdan, shuningdek, ilk o'zbek advokati, talaba yoshidayoq ulug' Lev Tolstoyga maktub yozib, uning “Yovuzlikka qarshi yovuzlik bilan javob bermaslik” g'oyasi borasida bahslasha olgan taniqli noshir, rejissyor, tarjimon, sho'ro qatag'oni qurboniga aylangan Ubaydulla Xo'jayev haqidagi “Jadid” qissasi ham o'rin olgan.

Kitob haqida

Nashriyot
Sahhof
Nashr yili
2026
Asl tili
O'zbek tili

208 bet. Kuniga 20 bet oʻqisangiz, taxminan 11 kunda tugatasiz.

Bu kitobni Telegramda oxirigacha oʻqing
Telegramda ulashish

Kitobni qayerdan topish mumkin

Kitoblarim — kitoblar katalogi: kitobning oʻzi yoki PDF nusxasi bu yerda yoʻq. Bosma yoki elektron nusxasini shu doʻkonlardan izlang:

Keyinroq oʻqish uchun Telegramda saqlang

Taqrizlar

Bu kitobga hali taqriz yozilmagan.

Kitoblarim oʻquvchilari

Bu kitobni Kitoblarim oʻquvchilari hali baholamagan. Oʻqigan boʻlsangiz, birinchi boʻlib fikringizni yozing.

Keyingi oʻqish uchun

Yana bilmoqchimisiz?

Sunʼiy intellekt bu haqda kengroq maʼlumot beradi. Javob yangi oynada ochiladi, bu sahifa ochiq qoladi.

AIʼdan batafsil soʻrash