
Ma'no ahli bilan yonma-yon
O'zbekiston Yozuvchilar uyushmasi homiyligida yangi kitob Ko'plab she'riy majmualar, dostonlar, qardosh va xorijiy xalqlar adabiyotidan qilgan tarjimalari bilan xalqimiz e'tiboriga tushgan taniqli shoir Shukur Qurbonning “Ma'no ahli bilan yonma-yon yoxud saboqlar” nomli yangi kitobi O'zbekiston Yozuvchilar uyushmasi homiyligida nashrdan chiqdi. Kitobdan shoirning ma'lum davrlarda alohida-alohida nashr bo'lgan va o'quvchilar e'tiborini qozongan “Ozod Sharafiddinov saboqlari”, “Erkin Vohidov saboqlari”, “Abdulla Oripov saboqlari”, “Rauf Parfi saboqlari”, “Tohir Malik saboqlari”, “Muhammad Yusuf saboqlari”, “Omonullo Madayev saboqlari” kabi risolalari jamlangan. Kitobni o'ziga xos adabiy memuarlar guldastasi deyish mumkin. Har bir risola markazida alohida bir shaxs, uning hayot yo'li turadi. Ma'lumki, xalqimiz e'zozlagan, adabiyot va ma'rifat ahli yaxshi biladigan, e'tirof etadigan ustozlar bosib o'tgan yo'lning o'zi bir maktab. Muallif ushbu maktab muallimlaridan olgan saboqlarini chin shogirdlik shukronasi, bir umrlik minnatdorlik ramzi o'laroq tasvirlaydi. Ustoz va shogirdlik an'anasi hech qachon eskirmaydi. Ustozga ehtirom, uning darajasi – maqomi qadim Sharqda juda baland bo'lgan. Shukur Qurbon ana shu haqiqatning eng nozik qirralarini, bu qadriyat hayotning o'zi qadar ko'hna va boqiyligini samimiy, mehr bilan ifodalaydi. – Ustoz – shogird muomalasi faqat ta'lim yoki biror-bir kasb-kor sir-asrorlarini o'rgatish-o'rganish bilan cheklanib qolmaydi, balki bu munosabat zamirida yoshlar tarbiyasi, barkamol avlodni voyaga yetkazishdek mas'uliyatli va sharafli vazifa turadi, deb yozadi taniqli adabiyotshunos Ahmad Otaboy. Shukur Qurbonning ushbu kitobi orqali siz asarlarini sevib o'qigan, yod olgan, mehringiz tushgan zotlarning shu damgacha ma'lum bo'lmagan yana qancha-qancha chin insoniy fazilatlarini ko'rasiz. Ma'no ahli bilan yonma-yon turgandek, ular bilan bir havodan nafas olayotgandek o'zingizni his qilasiz. Mana shu yakdillik, yaqinlikning o'zi bebaho, buyuk saboq. Shukur Qurbonning “Ma'no ahli bilan yonma-yon yoxud saboqlar” nomli kitobini, albatta, o'qing. A.Narzulloyev, O'zA
Kitob haqida
- Nashriyot
- Adabiyot
- Nashr yili
- 2025
- Asl tili
- O'zbek tili
352 bet. Kuniga 20 bet oʻqisangiz, taxminan 18 kunda tugatasiz.
Bu kitobni Telegramda oxirigacha oʻqingKitobni qayerdan topish mumkin
Kitoblarim — kitoblar katalogi: kitobning oʻzi yoki PDF nusxasi bu yerda yoʻq. Bosma yoki elektron nusxasini shu doʻkonlardan izlang:
Keyinroq oʻqish uchun Telegramda saqlangTaqrizlar
Bu kitobga hali taqriz yozilmagan.
Kitoblarim oʻquvchilari
Bu kitobni Kitoblarim oʻquvchilari hali baholamagan. Oʻqigan boʻlsangiz, birinchi boʻlib fikringizni yozing.
Keyingi oʻqish uchun

Ruhlar isyoni
Erkin Vohidov · 2019

So'z latofati, Kirilcha
Erkin Vohidov · 2024

Zamona yigitlari (Yevropadan nimalar o'rganib, nimalaridan saqlanamiz)
Baxtiyor Muhammadamin Abdurrahim o'g'li · 2016

Mehrigiyoh (mashhur qo'shiqlar kutubxonasi)
2016

Bedor tun tomchilari
Sharifa Salimova · 2018

Yoqilgan maktub
Omonxon Mamadaliyev · 2021

Nomi chiqmagan xotin
Hakim Nazir · 2021

Воспоминание, похожее на белый цветок
Muhammad Ismoil · 2022
Yana bilmoqchimisiz?
Sunʼiy intellekt bu haqda kengroq maʼlumot beradi. Javob yangi oynada ochiladi, bu sahifa ochiq qoladi.
AIʼdan batafsil soʻrash