
Prinsiplar
Rey Dalio "Prinsiplar" kitobi bilan shaxsiy va ish bilan bog'lik, hayotingizni qanday qilib mazmunli o'tkazish va samarali ishlash bo'yicha batafsil ko'rsatmalar berib boradi. Ushbu kitobda Dalio o'zining hayot tarzini tartibga soluvchi va o'ta muvaffaqiyatli Bridgewater kompaniyasini boshqarish prinsiplari bilan o'rtoqlashadi. Asarda hayotning barcha sohalarida qo'llaniladigan turli xil prinsiplarga asoslangan dastur to'liq holda yoritilgan. Bu prinsiplar Dalio muvaffaqiyatining sababi ekanligi bois o'zidagi yuksak tajriba va hikmatni kitobsevarlar bilan bo'lishish niyatida bu kitobni yozgan. Undan tashqari, bu mavzuda har xil intervyu, podkast va suhbatlarda qatnashadi. Kitobni o'qir ekansiz, hayot, menejment, iqtisod va sarmoya kabi birliklarni qoidalar asosida tizimlashtirish va mashinalar kabi tushunish mumkinligiga guvoh bo'lasiz. Ko'p marotaba takrorlangan "radikal haqiqat" va "radikal shaffoflik" kabi mashhur qoidalarga asoslangan, tajribadan kelib chiqqan darslar, Dalioning fikricha, ham shaxslar, ham tashkilotlar uchun qarorlar qabul qilish, qiyinchiliklarga bo'lgan yondashuv va kuchli jamoa yaratishning eng samarali usullarini o'z ichiga oladi. Tashkilot va muassasalar uchun yangidan-yangi g'oyalar bilan to'ldirilgan bo'lsa-da, "Prinsiplar" kitobi nimaga harakat qilishidan qatiy nazar har kim o'rganishi, o'zida qo'llashi mumkin bo'lgan qaror qabul qilishdagi aniq va to'g'ridan-to'g'ri yondashuvni taklif qiladi. Kitob 2017 yilda dunyo yuzini ko'rar ekan, ko'p o'tmay ispan, nemis, fransuz, italyan, xitoy, yapon, koreys, rus va boshqa tillarga tarjima qilingan. Ko'proq ko'rish
Kitob haqida
- Nashriyot
- Iqro-Nashr
- Nashr yili
- 2023
560 bet. Kuniga 20 daqiqa oʻqisangiz, taxminan 28 kunda tugatasiz.
Bu kitobni Telegramda oxirigacha oʻqingKitobni qayerdan topish mumkin
Kitoblarim — kitoblar katalogi: kitobning oʻzi yoki PDF nusxasi bu yerda yoʻq. Bosma yoki elektron nusxasini shu doʻkonlardan izlang:
Keyinroq oʻqish uchun Telegramda saqlangTaqrizlar
Bu kitobga hali taqriz yozilmagan.
Kitoblarim oʻquvchilari
Bu kitobni Kitoblarim oʻquvchilari hali baholamagan. Oʻqigan boʻlsangiz, birinchi boʻlib fikringizni yozing.
Keyingi oʻqish uchun

Hayot uchun 12 qoida. Tartibsizlikka qarshi malham
Djordan Piterson · 2024

Rework. Prinsiplarsiz biznes
Djeyson Frayd, Devid Xaynemayer Xensson · 2021

O'z tanloviga ko'ra buyuklar
Jim Kollinz, Morten Xansen · 2021

Мои принципы. Блокнот-планнер
Rey Dalio · 2023

Принципы изменения мирового порядка. Почему одни нации побеждают, а другие терпят поражение
Rey Dalio · 2025

Большие долговые кризисы. Принципы преодоления
Rey Dalio · 2022

Принципы. Жизнь и работа
Rey Dalio · 2024

The Mermaids Singing (used)
Val McDermid · 1999