Kitoblarimкаталог
Prinsiplar
Перевод

Prinsiplar

Rey Dalio "Prinsiplar" kitobi bilan shaxsiy va ish bilan bog'lik, hayotingizni qanday qilib mazmunli o'tkazish va samarali ishlash bo'yicha batafsil ko'rsatmalar berib boradi. Ushbu kitobda Dalio o'zining hayot tarzini tartibga soluvchi va o'ta muvaffaqiyatli Bridgewater kompaniyasini boshqarish prinsiplari bilan o'rtoqlashadi. Asarda hayotning barcha sohalarida qo'llaniladigan turli xil prinsiplarga asoslangan dastur to'liq holda yoritilgan. Bu prinsiplar Dalio muvaffaqiyatining sababi ekanligi bois o'zidagi yuksak tajriba va hikmatni kitobsevarlar bilan bo'lishish niyatida bu kitobni yozgan. Undan tashqari, bu mavzuda har xil intervyu, podkast va suhbatlarda qatnashadi. Kitobni o'qir ekansiz, hayot, menejment, iqtisod va sarmoya kabi birliklarni qoidalar asosida tizimlashtirish va mashinalar kabi tushunish mumkinligiga guvoh bo'lasiz. Ko'p marotaba takrorlangan "radikal haqiqat" va "radikal shaffoflik" kabi mashhur qoidalarga asoslangan, tajribadan kelib chiqqan darslar, Dalioning fikricha, ham shaxslar, ham tashkilotlar uchun qarorlar qabul qilish, qiyinchiliklarga bo'lgan yondashuv va kuchli jamoa yaratishning eng samarali usullarini o'z ichiga oladi. Tashkilot va muassasalar uchun yangidan-yangi g'oyalar bilan to'ldirilgan bo'lsa-da, "Prinsiplar" kitobi nimaga harakat qilishidan qatiy nazar har kim o'rganishi, o'zida qo'llashi mumkin bo'lgan qaror qabul qilishdagi aniq va to'g'ridan-to'g'ri yondashuvni taklif qiladi. Kitob 2017 yilda dunyo yuzini ko'rar ekan, ko'p o'tmay ispan, nemis, fransuz, italyan, xitoy, yapon, koreys, rus va boshqa tillarga tarjima qilingan.

О книге

Издательство
Iqro-Nashr
Год издания
2023

560 стр. Если читать по 20 страниц в день, вы закончите её примерно за 28 дней.

Дочитайте эту книгу в Telegram
Поделиться в Telegram

Где найти книгу

Kitoblarim — каталог книг: самой книги или её PDF здесь нет. Ищите печатную или электронную версию в этих магазинах:

Сохранить в Telegram, чтобы прочитать позже

Рецензии

На эту книгу пока нет рецензий.

Читатели Kitoblarim

Читатели Kitoblarim ещё не оценили эту книгу. Если вы её читали, напишите первый отзыв.

Что почитать дальше

Хотите узнать больше?

Искусственный интеллект расскажет об этом подробнее. Ответ откроется в новой вкладке, а эта страница останется открытой.

Подробнее у ИИ