Kitoblarimkatalog
Kitoblarga qaytish
Matematikadan 3000 ta yangi misollar (misollar zanjiri 20 soni ichida hisoblash 1-sinf)

Matematikadan 3000 ta yangi misollar (misollar zanjiri 20 soni ichida hisoblash 1-sinf)

Qo'llanmada birinchi sinfning asosiy mavzulari: "5 soni ichida hisoblash", "10 soni ichida hisoblash", "10 soni ichida qavsli amallarni bajarish", "20 soni ichida hisoblash", "20 soni ichida qavsli amallarni bajarish" bo'yicha og'zaki hisoblash ko'nikmalarini shakllantirishga yordam beradigan materiallar keltirilgan. Qo'shimcha sifatida qulay usulda ayirish amallarini bajarish uchun mantiqiy misollar keltirilgan. Ko'nikma hosil bo'lganini qulay bilish mumkin? Har bir belgi harakati uchun 3-4 soniya vaqt ketadi. Agar bola hisoblash amallarini yaxshi bajarsa, 7-2+3-4-3+7-6+3= misolini 20-25 soniyada yechadi, 30 soniya ham yomon natija bo'lmaydi. Boshlang'ich sinflarda og'zaki hisoblash mashg'ulotlarini to'g'ri yo'lga qo'yishda har kuni uzoq davom etmaydigan (5-10 daqiqa) mashqlarni bajarish talab etiladi. Qo'llanmada berilgan topshiriqlarni ketma-ket bajarish barcha shakldagi og'zaki hisoblash ko'nikmalari - eshitish orqali hisoblash (o'qituvchi misollar zanjirini ora-orada kichik tanaffuslar bilan ovoz chiqarib o'qiydi va o'quvchi bir necha soniyadan so'ng javob beradi), ko'rish orqali hisoblash (misollar zanjiri yozib qo'yilgan, o'quvchi esa yo og'zaki javob beradi, yo javobini daftarga yozadi), kombinatsiyali hisoblash (o'qituvchi misollar zanjirini aytib turadi, o'quvchi esa javoblarini yozadi)ni egallashga ko'mak beradi. Ushbu topshiriqlarni tizimli bajarish mantiqiy va matematik fikrlashni, ziyraklini rivojlantiradi, xotira va diqqat-e'tiborni mustahkamlaydi. O'qituvchining ixtiyoriga ko'ra, misollar zanjirini olimpiada va murakkab chuqurlashtirilgan topshiriqlar sifatida ham, o'rganilgan mavzuni takrorlash va mustahkamlash sifatida ham qo'llash mumkin. Eng yaxshi natijalarga erishish uchun har kuni o'ntadan misollarni yechish lozim. Qo'llanmadan matematika darslarida va uyda bajarish uchun mustaqil ish sifatida foydalanish mumkin. Ko'proq ko'rish

Kitob haqida

Nashr yili
2021
Asl tili
O'zbek tili

16 bet. Kuniga 20 bet oʻqisangiz, taxminan 1 kunda tugatasiz.

Bu kitobni Telegramda oxirigacha oʻqing
Telegramda ulashish

Kitobni qayerdan topish mumkin

Kitoblarim — kitoblar katalogi: kitobning oʻzi yoki PDF nusxasi bu yerda yoʻq. Bosma yoki elektron nusxasini shu doʻkonlardan izlang:

Keyinroq oʻqish uchun Telegramda saqlang

Taqrizlar

Bu kitobga hali taqriz yozilmagan.

Kitoblarim oʻquvchilari

Bu kitobni Kitoblarim oʻquvchilari hali baholamagan. Oʻqigan boʻlsangiz, birinchi boʻlib fikringizni yozing.

Keyingi oʻqish uchun